Breaking News

Futbolchilarni tayyorlashga yangi texnologiyalar kirib kelmoqda


Yangi texnologiyalar professional futbolchilar uchun mavjud ko'plab sharoitlarni havaskor futbolchilarga ham taqdim etmoqda.

"SmartVest" deb ataladigan kiyimda sportchining har bir harakatini tahlil qilish imkonini beruvchi maxsus tizim mavjud.

Avstraliyaning "Catapult Sports" kompaniyasi yaratgan bu moslama dunyoning ilk "aqlli murabbiysi" deb atalmoqda.

"Bir soniyada 1200 tagacha ma'lumot yig'iladi. Butun tayyorgarligingiz haqida to'liq baho bera olamiz", - deydi kompaniya vakili Benoa Simerey.

"SmartCoach" mobil ilovasi to'plangan ma'lumot asosida uyqu va boshqa masalalarda maslahat beradi.

O'yinchining tayyorlik darajasi, treningdagi holati aniqlanadi va bular asosida sportchiga qaysi jihatlar ustida ko'proq ishlash kerakligi tavsiya qilinadi.

"Ruhiy va jismoniy tayyorgarligingiz qanday? Yetarli uyqu va ozuqani qanday aniqlaysiz? Jarohatlardan qanday saqlanish mumkin? Hozirgi o'yinchilar, havaskorlar yuqori bosqichga ko'tarilish uchun qo'l keladigan ana shunday texnologiyalar borligini bilishadi", - deydi Simerey.

Ushbu tizim orqali havaskorlar o'zlarini professional o'yinchilar bilan taqqoslashi mumkin.

"U sizni qattiqroq ishlashga o'rgatadi. Chunki natijalaringiz professionallarga qaraganda yomon bo'lishini xohlamaysiz. Ularnikidek ko'rsatkichga ega bo'lish uchun sizni ko'proq mehnat qilishga undaydi", - deydi havaskor futbolchi va bloger Josh Kotis.

Jahon chempionati: Futbol dunyosidan xabarlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:13 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG