Breaking News

O'zbekiston rasmiylari diniy erkinlik haqida AQSh ommasiga nima dedi?


O'zbekistonda diniy erkinlik, Vashington
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:47 0:00

O'zbekistonda diniy erkinlik, Vashington

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Oliy Majlisdan senator Sodiq Safoyev va qonunchi Akmal Saidov AQSh poytaxtida. E'tibor diniy erkinlikda. "Amerika Ovozi" ularni qator dolzarb masalalar yuzasidan savolga tutdi.

Oq uy rasmiysi Jastin Kolbert Vashingtondagi Milliy axborot markazida o'tgan tadbir boshida so'zlar ekan, O'zbekiston hukumati bugungi kunda diniy erkinlik singari nozik masalalarni ochiq muhokama qilayotgani tahsinga sazovor, dedi. AQSh o'zini global maydonda e'tiqod erkinligi targ'ibotchisi deb biladi va xususan Tramp ma'muriyatining tashqi siyosatida bu mavzuga urg'u katta.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoga ko'ra, O'zbekiston erkin jamiyatga aylanish sari qadam tashlamoqda.

"E'tiqod erkinligi oldingiga qaraganda kengaygani bu mamlakat va jamiyat, shuningdek, butun mintaqaga ijobiy ta'sir ko'rsatishiga ishonchimiz komil", - dedi Pompeo Vashingtonda o'tayotgan xalqaro anjumanda. Unda aynan diniy erkinlik haqida gap ketmoqda va O'zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

May oyida O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan muzokara olib borganida, Amerika liderining yonida Diniy erkinlik bo'yicha maxsus elchi Sem Braunbek o'tirgan. Braunbek yaqin kunlarda O'zbekistonga safar qilishi kutilmoqda.

Abdulaziz Komilov: Diniy erkinlik juda muhim
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, e'tiqod erkinligini ta'minlash O'zbekiston uchun nihoyatda dolzarb vazifa. AQSh siyosiy va ilmiy doiralari vakillari oldida qilgan nutqida ham Komilov shu borada gapirib, inson huquqlari toptaladigan emas, hurmat qilinadigan, uzviy erkinliklar e'zozlanadigan jamiyat bo'lishga bel bog'laganmiz, dedi.

AQSh uzoq yillardan beri O'zbekistonga e'tiqod erkinligi poymol etiluvchi, "alohida xavotirga molik davlat" deb qarab kelgan. Dunyo bo'ylab bu masalani o'rganib, yillik hisobot beruvchi xalqaro komissiya 2005-yildan beri (Andijon fojiasi ketidan) respublikada vaziyat og'ir deya, Kongress va Davlat departamentini hamkorlikni cheklashga undab kelgan. Oq uy esa O'zbekiston geosiyosiy jihatdan muhim sherik deya bu chaqiriqqa ko'z yumgan.

Biroq "alohida xavotirga molik davlat" degan tamg'a O'zbekiston nufuziga katta dog'. Shu bois, deydi Amerika rasmiylari, Toshkentdagi bugungi rahbariyat undan qutulishni istaydi.

"Amerika Ovozi" bu borada Komilovdan so'raganida, tashqi ishlar vaziri buni tasdiqlab, "aslida bunday xavotir asossiz", deya qayd etdi. O'zbekiston diniy erkinlik va umuman biror jihatdan xavotirga molik mamlakat bo'lishni xohlamaydi va mana shunday "xavotirlar" uyg'otadigan har qanday muammoni bartaraf etish maqsadida, deydi u.

Vashington, 25-iyul, 2018
Vashington, 25-iyul, 2018

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Amerika ommasiga bugungi qonunchilikni tushuntirar ekan, fuqarolarning erkinlik darajasi xalqaro me'yor va qonunlarga javob berishini ta'minlash ustuvor vazifa, deya ta'kidladi. Bugungi islohotlar muhitni liberallashtiradi, deya ishonch bildirdi u.

O'zbekistonda soqol qo'yish va hijob kiyish masalasi keng muhokamada - ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilik orasida. "Amerika Ovozi" vazirdan bu boradagi siyosat haqida so'raganida, shunday javob oldi: soqol qo'yish man etilmagan, lekin ish joyi texnik yo boshqa sabablarga ko'ra ruxsat bermasligi mumkin. Hijob ham man qilinmagan, deydi Davletov, lekin qonun diniy liboslarda yurishni jamoat joylarida cheklaydi. Hijob diniy libosmi? Bu aniq emas. Qonunchilikda bu masalaga oydinlik kiritilishi kerak. Bu esa parlamentning vazifasi. Ayni damda ko'plab xotin-qizlar hijobda yuribdi, deya qo'shadi Davletov. Sudlar hijobga diniy libos sifatida qarab hukm chiqargan holatlar bo'lgan, bundan jabr ko'rganlar bor, va endilikda bu mavhumlikni bartaraf etish uchun harakat boshlangan, deydi vazir.

"Qarashlar qayta ko'rib chiqilmoqda", - deydi Davletov.

Soqol qo'yishmi yoki hijob kiyish, jamoatchilik orasida fikrlar turlicha va odamlar o'z qarashlarini bemalol izhor etishga haqli, deydi Davletov.

Hukumat jamoatchilik bosimini his qilayaptimi?

Adliya vaziriga ko'ra, har bir qaror fuqaro manfaatini ko'zlagan holda qabul qilinmoqda. Har bir qaror fuqaro og'irini yengil qilishi kerak, deydi u.

O'zbekistonda dindorlik, hijob va soqol: Adliya vaziri bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:37 0:00

Senator Sodiq Safoyev deydiki, repressiya beqarorlikka yetaklaydi. Erkinlikni ta'minlash, o'z huquq va burchlarini yaxshi anglagan fuqarolarni tarbiyalash har bir davlat kelajagi uchun o'ta muhim. O'zbekistonda tuzum buni yaxshi tushunadi va shu yo'ldan boradi, deydi u.

Siyosiy muxolifat bo'lmagan muhitda yoshlar ekstremist guruhlarga qo'shilib, o'z muxolif qarashlarini shu tarzda namoyon etishi mumkin. O'zbekiston hukumati shundan qo'rqmaydimi?

Safoyev deydiki, ekstremizmga siyosiy muxolifat deb qarash noto'g'ri. Odamlar o'z qarashlari va takliflarini tinch yo'l bilan, demokratik tizimlar orqali bildirishi zarur. O'zbekiston demokratiya yo'lidan ketmoqda, deydi u, yosh avlod ham, kattalar ham erkin tarzda yashaydigan jamiyat bo'lishni maqsad qilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yetakchi a'zosi, inson huquqlari bo'yicha milliy markaz rahbari Akmal Saidovga ko'ra, respublika bu borada xalqaro organlar, xususan BMTning tegishli agentliklari va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan ishlaydi.

"Ularning tavsiyalariga rioya qilib, vaziyatni yaxshilaymiz", - deydi Saidov.

Qonunlar amaliyoti suv va havodek zarur, deydi deputat. Ularning ijrosini ta'minlamay turib, dunyoviylikni targ'ib qilish mumkin emas. Demokratik institutlar ishlashi va samara berishi kerak. Ta'lim va tarbiyadan tortib jamiki boshqa jabhalargacha, barchasini isloh qilish va mustahkamlash lozim, deydi Saidov. Qonun ustuvorligiga erishish yo'lida qilinadigan ishlar talay.

Toshkentdan kelgan delegatsiyaning har bir a'zosi O'zbekistonda yaqingacha diniy erkinlik masalasi og'ir bo'lganini, adolatsizliklarga yo'l qo'yilganini tan oladi. Amerika tomon ham bundan ogoh. Strategik sherik bo'lish huquq masalasida hamohanglik talab etadi, deydi rasmiylar.

Uzbekistan: Religious Freedom vs Extremism
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:07 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan, ya'ni respublikadan turib axborot berish imkoniyatiga yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, editor, web editor, and producer, she has covered Central Asia and America for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the only and first-ever accredited U.S.-based journalist. Navbahor is also the founding President of the VOA Women’s Caucus. Educated in Uzbekistan, India, and at Harvard University, she was a 2016-17 Edward S. Mason Fellow at Harvard’s John F. Kennedy School of Government, where she also earned her Masters in Public Administration. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003 and has since presented more than 800 editions of the flagship weekly show “Exploring America,” which covers American foreign policy for some 40 million Uzbek speakers worldwide, focusing on U.S. relations with Central Asia and life and politics in the United States. She has co-hosted VOA-wide special broadcasts for a global audience. She has received multiple awards for excellence in broadcasting, including the VOA Gold Medal in 2010. As a multimedia journalist, with millions of viewers, listeners, followers, and fans, Navbahor writes and speaks frequently on Uzbek domestic politics, foreign policy, and society, as well as regional issues in Central Asia, for policy, academic, and popular audiences. Her essays have appeared in leading journals, including Foreign Policy, The National Interest, and The Diplomat, and she has lectured at institutions including the U.S. Foreign Service Institute, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, and George Washington University. Navbahor began her career at the Uzbek state broadcaster as a reporter and producer. She taught journalism at her alma mater, the Uzbek State University of World Languages in Tashkent, and then earned a B.A. in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore in India. A recipient of the Edmund Muskie Fellowship, she earned her MA in journalism from Ball State University. In 2009, Ball State’s journalism department named her an Outstanding Young Alumna.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG