Breaking News

O'zbekiston: Chernobil fojiasiga ko'z yuma olamizmi?


Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil fojiasi global miqyosda tez-tez tilga olinadigan biroq siyosiy jihatdan ancha unutilgan voqea. Uning oqibatlari Ukraina ahli hayotining ajralmas qismi. Ta'sir har yerda namoyon, deydi ular. "Amerika Ovozi" yaqinda manzara bilan tanishdi.

O’zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda Aydarko’l yaqinida atom elektrostansiyasi barpo etmoqchi. Rasmiylar bu inshoot zamonaviy xavfsizlik talablariga muvofiq qurilishi haqida bayonot berishiga qaramasdan, bu borada turli munozaralar mavjud. Ayniqsa atom stansiyalari hamon eng yirik falokatlar sirasiga kirishi va bunday inshoot shundoq ham suv taqchil bo’lgan mamlakatda qurilayotgani.

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Bugun zamonaviy dunyo energiya ishlab chiqarishni muqobil yo’nalishlari evaziga atom stansiyalaridan voz kechayotgan bir paytda, mamlakatdagi yangi hokimiyat bu qaltis tajribaga qo’l urayotgani bahsli masala va, tabiiyki, bu tajribaning tarafdorlari ham, qarshilari ham yetarlicha topiladi.

“Amerika Ovozi” 20-asrning eng yirik texnogen falokatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan, sovet atomshunoslari bunyod etgan Chernobil atom elektrostansiyasi xarobalarini borib ko’rdi. Falokatdan 30 yil o’tib ham Ukrainaning bu hududi atrofi hamon yashash uchun yaroqsiz. Halokat o’chog’idagi manzara deyarli o’zgarmagan.

Hukumat yaqinda xalqaro miqyosdagi yordam evaziga, ulkan xarajatlar bilan avariya sodir bo’lgan reaktorlarni yangi sarkofag bilan yopishga, radiatsiya miqdorini xavfsizlantirishga muvaffaq bo’ldi.

Radioaktiv chiqindilar yana yuzlab yil Ukraina xavfsizligi uchun tahdidligicha qolishi aytiladi.

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

Chernobil, Ukraina
Chernobil, Ukraina

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG