Breaking News

Erdog'an turk lirasining qadrsizlanishida AQShni aybladi


Turk lirasining qadrsizlanishi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:46 0:00

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an turk lirasining qadrsizlanishida yana AQShni aybladi. Mamlakat valyutasi qiymati rekord darajada tushishda davom etmoqda.

Bir kechada turk lirasining dollarga nisbatan qiymati rekord darajada tushib ketgach, Osiyo va Yevropa birjalarida sarosima boshlandi. Turkiya Markaziy banki banklar mablag'ini boshqarishda barcha kerakli choralar ko'rilishi haqida e'lon qilgach, kechga borib, pul qadri yana tiklana boshladi.

Turkiya moliya vaziri ham bozordagi xavotirlarni bir yoqli qilish uchun "harakat rejasi" ishlab chiqilganini e'lon qildi.

AQSh bilan munozaraga kirishgan Prezident Erdog'anning aytishicha, Turkiya iqtisodiy "qamal" ostida.

"Bir tomondan strategik hamkorsiz, ikkinchi tomondan esa o'z oyog'ingizga o'q otasiz. Hamma ketayotgan bir paytda Afg'onistonda strategik hamkorsiz, Somalida va NATOda ham strategik sheriksiz, boshqa tomondan esa ittifoqdoshingizning orqasidan pichoq urasiz. Bu qanaqasi?" - dedi Turkiya rahbari.

Erdog'an iqtisodiyotni ko'tarish uchun vatandoshlarini dollarni sotib, o'rniga turk lirasini xarid qilishga chaqirdi. Biznes egalaridan ham mablag'larini dollarda saqlamaslikni so'radi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp va Turkiya rahbari bir qator masalalarda kelisha olmayapti. 2016-yildan beri josuslik aybi bilan hibsda saqlanayotgan amerikalik rohib bahsli mavzulardan biri. O'tgan oy u qamoqdan chiqarilgan, ammo hanuz uy qamog'ida qolmoqda.

10-avgust kuni Turkiyadan keladigan po'lat va alyuminiyga nisbatan tariflar ham ikki barobar oshirilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG