Breaking News

Saudiya Arabistoni: Hajni xavfsiz o'tkazishga tayyormiz


Xalqaro hayot: Haj mavsumida sog'lik masalasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

Muqaddas haj amalini ado etish uchun Makka shahriga bu yil ikki millionga yaqin musulmon yig'ildi. Ko'p hollarda ziyoratchilar bir-biriga yaqin va ochiq joyda ovqatlanishi va uxlashi bois yuqumi kasalliklar kelib chiqishi xavfi yuqori hisoblanadi. Saudiya Arabistoni sog'liqni saqlash vaziri bunday xavflarni bartaraf etishga qirollik tayyor ekanini aytmoqda.

Saudiya Arabistonida haj mavsumi. Muqaddas Makka shahriga bu yil ikki millionga yaqin musulmon yig'ilgan. Qurbi yetgan, sog'lom va balog'at yoshidagi har bir musulmon erkak va ayol uchun umrida bir marta haj qilish farz. Millionlab odam yig'ilgan joyda sog'lik uchun xavflar ham yo'q emas.

"Qaysidir odam biror kasallikka chalingani haqida ozgina bo'lsa ham shubha paydo bo'lsa yoki ular kerakli vaksinalarni olmagani aniqlansa, birinchi o'rinda vaksina beramiz", - deydi Saudiya Arabistoni Sog'liqni saqlash vaziri Tavfiq Al-Robiya.

Rasmiyning aytishicha, 25 shifoxonada 30 mingdan ortiq mutaxassis vaksina qilishdan tortib yurak operatsiyasigacha bo'lgan xizmatlarni bepul taqdim etmoqda.

"Qandaydir kasallik bilan kimdir kirib kelishiga yo'l qo'ymaymiz. Agar shundaylar bo'lsa, ularni yaxshilanguncha nazoratimizda saqlaymiz. Shundan so'ng ular vatanlariga qaytishi mumkin", - deydi Al-Robiya.

Ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga kuchli bo'ron boshlangan paytda yetib kelishdi. Ayrim chodirlar shamol zarbiga dosh bera olmadi. Rasmiylar hududda toshqin yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ammo ob-havo yaxshilanib, ziyoratchilar ibodatlarini davom ettirdi.

"Umraga kelganimda 27 yosh atrofida edim. Hozir 65 daman. Umrim oxiriga kelib hajni nasib qilgani uchun Allohga shukr. Allohning irodasi bilan shu yerdaman. Behad xursandman, lekin eng muhimi hajim qabul bo'lsin", - deydi misrlik Odil Kamol.

Haj dunyodagi eng ulkan tashkiliy ishlardan biri hisoblanadi. Shu bois har yili uni tartibli o'tkazish Saudiya Arabistoni uchun eng katta va muhim vazifa hisoblanadi. O'tmishda haj payti tiqilinchsh tufayli ommaviy o'lim, yong'in va zo'ravonlik kabi noxush holatlar ham yuz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG