Breaking News

Mattis: Suriyada urushning davom etayotganiga Rossiya aybdor


Xalqaro hayot: Suriya urushi bo'yicha AQSh-Rossiya ixtilofi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

AQSh Mudofaa vaziri Suriyadagi fuqarolar urushida Rossiya tutgan rolni yana bir bor tanqid qildi. Davlat departamenti o'z navbatida Moskvani Suriya rejimini kimyoviy qurollarni qo'llashga yo'l qo'ymaslikka chaqirdi.

Suriya urushiga yetti yil to'ldi. Hanuz oxiri ko'ringani yo'q.

Rossiya Suriya Prezidenti Bashar al-Assadni himoya qilayotgani buning asosiy sabablaridan biri, dedi Mudofaa vaziri Jim Mattis.

"Ularda qiladigan ish yo'q. Maqsadimiz Suriya fuqarolar urushi yuzasidan Jeneva tinchlik muzokaralarini boshlash, toki Suriya xalqi Assad yetakchi bo'lmagan yangi hukumat tuza olsin", - dedi Mattis.

Isyonchilar g'arbda Rossiya va Eron himoyasidagi Suriya kuchlariga qarshi kurashar ekan, AQSh sharqda IShIDga qarshi kuchlarga yordam ko'rsatmoqda.

AQSh askarlari ham harbiy amaliyotlardan butunlay chetda turgani yo'q. Prezident Tramp buyrug'i bilan Suriya tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol ishlatgani uchun ikki bor havodan o'qqa tutildi.

Rossiya shu hafta yana xlor gazi qo'llanishi mumkinligiga ishora qilgach, Mattis bunday ish javobsiz qolmasligidan ogohlantirdi.

"Davlat departamenti bu narsa yuz berishining oldini olish uchun Rossiya bilan muntazam aloqada", - dedi mudofaa vaziri.

Hozir mintaqada ikki foizdan kamroq hudud "Islomiy davlat" nazoratida. Yil boshida Tramp Amerika askarlari uchun Suriyani tark etish fursati kelganini aytgan edi.

"Vaqti keldi. IShIDga qarshi juda muvaffaqiyatli kurashdik. Harbiy jihatdan har qanday toifadan ustun kelamiz, lekin ba'zan uyga qaytish ham kerak. Bu haqda jiddiy o'ylayamiz", - degan edi prezident.

Ammo Mattisga ko'ra, hali qilinadigan ishlar bor. Frot daryosi vodiysida IShIDni mag'lub etish hamda mahalliy kuchlarni tayyorgarlikdan o'tkazish shulardan ayrimlari.

"Agar mahalliy kuchlar xavfsizlikni ta'minlay olsa, biz askarlarimiz sonini kamaytiramiz. Lekin bu masala Assad muammosini bir yoqli qilishga ham bog'liq", - dedi u.

Yakuniy yechim, deya qo'shimcha qildi Mattis, Suriya xalqidan kelishi kerak. Zo'ravonlikni to'xtatish bo'yicha hozirgacha biror natija bermagan Jeneva muzokaralaridan hanuz umid bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG