Breaking News

AQSh: Rossiya saylov jarayoniga aralashuvni to'xtatgani yo'q


AQSh xavfsizlik va razvedka rahbarlari Rossiya tahdidi haqida ommani ogohlantirdi

Facebook kompaniyasi odamlarni bir-biriga qarshi qo’yishni maqsad qilgan 32 ta soxta akkauntni yopib tashladi. Razvedka idoralarining ogohlantirishicha, Rossiya amerikalik saylovchilarni chalkashtirish va Amerika jamiyatda g’avg’o qo’zgash xatti-harakatlarini jadal davom ettiryapti.

AQSh razvedkasi: Rossiya yana saylovga aralashmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:56 0:00

Kongress saylovlariga uch oy vaqt qolganda, kiberxavfsizlik bo’yicha mutaxassislar xavf haqida bong urmoqda.

“Rossiya manipulyatsiyasi 2016-yilda to’xtagani yo’q. Saylovdan keyin yana gazni bosishdi”, - deydi Jon Kelli, ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarni tahlil qilib beruvchi "Grafika" kompaniyasi rahbari.

Facebook siyosiy agitatsiya bilan shug'ullanayotgan 30 dan ortiq soxta akkauntlarni aniqlab, yopgani haqidagi xabar muammo davom etayotganini tasdiqladi.

“Rossiya agentlari ijtimoiy tarmoqlarni manipulyatsiya qilib, kun tartibini belgilashga, amerikaliklarni bir-biriga qarshi qayrashga harakat qilmoqda”, - deydi senator Mark Vorner.

“Ijtimoiy tarmoqlar bizni bo’lib qo’yish uchun ishlatilmoqda”, - deya qo'shadi senator Richard Burr.

Kongress: Rossiya buzg'unchilikni davom ettiryapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

AQSh davlat xavfsizligi va razvedka uchun javobgar rahbarlarning ta'kidlashicha, g'animlar saylovga aralashib bu davlat demokratiyasini nishonga olmoqda. Ular Oq uydajurnalistlar savollariga javob berdi. AQSh saylovlariga aralashayotganlar Rossiya fuqarolarimi yoki Kremlning o'zimi degan savolga, har ikkisi, deya javob berdi AQSh razvedkasi rahbari Den Kouts.

Xakerlar, deydi u, nomzodlar va hukumat xizmatchilari haqida ma'lumotlarni o'g'irlashga, ijtimoiy tarmoqlar orqali saylovchilarga ta'sir o'tkazishga harakat qilmoqda.

O'tgan oy Finlyandiyada Rossiya rahbari bilan uchrashgan Prezident Donald Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini qoralamagani uchun keskin tanqidlarga duchor bo'ldi.

AQSh qonunchilari hozirgacha ko'rilgan choralar samara bermaganidan xunob.

“Rossiyaga sanksiyalar qo’yganmiz. Ammo bu sohada biror o’zgarish bo’layotganini ko’rmayapmiz”, - deydi senator Syuzan Kollins.

Internet kompaniyalar saylovga tashqi aralashuv bobida qanday choralar ko’rayapti? Ular kelasi oy bu haqda Kongressga hisobot beradi.

“Facebook, Instragram, Twitter, Google va YouTube oldida ancha ish yotibdi”, - deydi senator Mark Vorner.

“Ijtimoiy tarmoqlar demokratiya va ijtimoiy muloqotning yagona himoyachilari bo’la olmaydi. Adovatli maqsadda ommaga ta’sir etish kampaniyalari yo’q qilinishi, saylov oldidan fuqarolarga ma’lumot berilishi kerak”, - deydi Kongress tinglovida so'zlagan ekspertlardan biri Rene Diresta.

Bir yildan beri davom etayotgan tekshiruvlardan keyin Moskvaning rejalari ayon, deydi qonunchilar.

“Bu axborot urushidan boshqa narsa emas. Dushmanni zaiflashtiradigan vositalardan biri. Vladimir Putin AQShni aynan dushman deb biladi”, - deydi senator Marko Rubio.

U taklif qilayotgan qonun loyihasiga ko'ra, agar AQSh razvedka xizmatlari Rossiya kuzgi saylovga ham aralashgani haqida xulosa qilsa, Moskvaga qarshi avtomatik tarzda qo’shimcha sanksiyalar qo’yiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG