Breaking News

HRW: Musulmon davlatlar uyg'urlar masalasiga e'tibor qaratsin


Turkiyaning Istanbul shahrida uyg'urlar himoyasi uchun o'tkazilgan namoyish ishtirokchisi, 2018-yil, 5-iyul.

"Human Rights Watch" tashkiloti Xitoyning Shinjon viloyatida milliondan ortiq uyg'ur va boshqa ozchilik musulmon elatlarning lagerlarda saqlanishini "inson huquqlarining ommaviy va tizimli ravishda buzilishi kampaniyasi" deb atadi.

Bu yerda yashagan sobiq 58 tutqun bilan o'tkazilgan suhbatlar asosida tayyorganlan 117 betlik hisobotda bu lagerlarda majburlab siyosiy qayta o'qitish, jamoaviy jazolash va kuzatuv mavjudligi hamda turli shaxsiy hamda diniy cheklovlarning joroy etilgani yoziladi.

Xitoy zo'ravon ekstremizmga qarshi kurash shiori ostida Shinjon viloyatida 2014-yil ozchilik uyg'ur elatlariga qarshi tazyiqlarni yanada kuchaytirdi. Hukumat shu paytgacha ommaviy lagerlarning mavjudligini inkor etib kelayotgan edi. Rasmiylarga ko'ra, bu joylar ayrim fuqarolarni qayta tarbiyalash va reabilitatsiya qilish uchun yaratilgan ta'lim va trening markazlari, xolos.

"Human Rights Watch"ning Osiyo bo'yicha direktori Bred Adamsning aytishicha, inson huquqlari masalasida Xitoyni savolga tutish juda qiyin. Bu narsani BMT bajarishi kerak, lekin Pekinga yaqin Pokiston va Afg'oniston kabi musulmon davlatlari Shinjonda bo'layotgan ishlar haqida gapirishi kerak, deydi u.

Adamsga ko'ra, rohinja musulmonlari haqida o'z bayonotini e'lon qilgan Islom hamkorligi tashkiloti kabi guruhlar ham uyg'urlar haqida o'z mavqeini bildirishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG