Breaking News

AQSh ayrim davlatlarni moliyaviy jazolashda davom etadi


AQSh jazo sanksiyalarini davom ettiradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:49 0:00

AQSh Xitoyda joylashgan firma va uning Rossiyadagi bo'limini Shimoliy Koreyaga aloqadorligi uchun jazoga tortdi. Bu Pxenyanning yadro dasturini tugatishga qaratilgan choralar doirasida amalga oshirilmoqda. Kongress Oq uy qarorini olqishladi.

Shimoliy Koreya yana nishonda. Maqsad Xitoy va Rossiya orqali Pxenyanga borayotgan mablag'lar yo'lini to'sish. Ammo bu kam, deydi qonunchilar.

"Maksimum bosim" kampaniyamizga darz ketayotganidan xavotirdaman", - dedi kongressmen Ed Roys.

Shimoliy Koreya AQSh sanksiyasi kuchaytirilayotgan yagona davlat emas.

"Biz javobgarlikka torta olishimizni isbotlab bermagunimizcha Vladimir Putin va uning hamtovoqlari Suriya, Ukraina va boshqa joylardagi qilg'iliqlarini o'zgartirmaydi", - deydi Roys.

Oraliq saylovlarga ikki oydan kam vaqt qoldi. Qonunchilarga ko'ra, tashqi aralashuvlarga yo'l qo'ymaslik uchun qilinayotgan ishlar yetarli emas.

"Demokratiyamizga qilingan rossiyaliklar hujumini jazolash uchun prezidentda ko'plab sanksiya qurollari bor. Bularni ishlatish o'rniga u Putinning ko'nglini ovlash bilan band", - deydi demokrat qonunchi Eliot Engel.

Uyg'urlarga jabr-zulm kuchaygani ortidan Davlat departamenti Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar qo'llash ustida ham o'ylanmoqda.

"Biz vaziyatni kuzatyapmiz. Dunyoda yuz berayotgan huquq buzilishlarini to'xtatish uchun bizda global Magnitskiy quroli bor", - deydi Davlat departamenti rasmiysi Manisha Singh.

Qonunchilar qayta saylanish tashvishlari bilan band. Demak, bu choralar Oq uy tomonidan joriy qilinishi ehtimoli yuqori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG