Breaking News
Din

Musulmon san'atkorlar: Biz rang-barang amerikaliklarmiz


Musulmonlar va san'at
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

AQShda uch yarim million atrofida musulmon yashaydi. Aksariyati Osiyodan. Ko'pchilik Amerikani "ozodlik maskani" deb biladi, ammo ayrimlarga ko'ra, Qo'shma Shtatlarda musulmon bo'lish borgan sari qiyinlashmoqda. Yaqinda Smitson muzeyi musulmon san'atkorlarni sahnaga taklif qildi. Maqsad - musulmonlar madaniyatining rang-barang qirralarini namoyish etish.

Musiqa, qo'shiq va she'riyat - Amerikadagi musulmonlar hayotiga nazar solishning o'ziga xos yo'li.

Kennedi markazida tashkil etilgan kecha "Mana, bizni ko'rdingiz" deb nomlanadi.

Tashkilotchilar 11-sentabr xurujlaridan so'ng musulmonlar haqida paydo bo'lgan salbiy qarashlarga barham berishni maqsad qilgan.

Chiqisharda musulmon amerikaliklar yuzlashayotgan mummo va ziddiyatlar aks etadi.

"Bizning dastur musulmon madaniyatiga, madaniyatdagi islomiy kashfiyotlarga ijobiy yondashuv bilan qarashni maqsad qiladi", - deydi loyiha boshqaruvchisi Nafisa Isa.

Unda taniqli amerikalik musulmon san'atkorlarlar qatnashib, tafovutlarga emas, umumiy jihatlarga e'tibor qaratadi.

"Amerikaga 2018-yil nuqtai nazari bilan qarash imkoniyati bu. AQSh barchaniki kabi meniki hamdir. Buni nafaqat qabul qilishimiz, balki tabiiy ko'rishimiz kerak, gap ortiq bag'rikenglik haqida emas endi", - deydi Baxt ismli qo'shiqchi.

"Bugungi geosiyosiy muhitda odamlar o'zlarini, qayerdan ekanliklarini namoyon qilishlari juda muhim", - deydi asli afg'onistonlik Qais Essar.

"Ovozimiz yetarli darajada eshitilmayapti. Merosimizning go'zalligini ko'rsata olganimizdan juda xursandman", - deydi yana bir ijodkor.

Tadbir tomoshabinlarga ma'qul keldi.

"Bugun eshitgan ayrim narsalarimni do'stlarimga aytib beraman. Qarashlarim o'zgardi", - deydi tomoshabinlardan biri.

San'atkorlarning aytishicha, amerikalik bo'lish odamlar orasidagi farqlardan ancha yuqori turadigan maqomdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG