Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 24-oktabr, 2018

1
Nyu-York shahridagi Time Warner markazida, CNN studiyalari faoliyat yuritadigan binoning pochta qutisidan qo'lbola bomba solingan paket topilgan. Suratda xavfsizlik choralari ko'rilayotgan jarayon aks etgan. 2018-yil, 24-oktabr. Nyu-York.

2
Reyn daryosi yaqinida uzumzor va daraxtzorlar uzra eski saroy ko'rinishi. Germaniya.

3
Budda diniga oid to'lin oy marosimi. Kyaikto, Mon shtati, Myanma.

4
Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandrni Britaniya Qirolichasi Yelizavetta II tantanali marosim bilan kutib oldi. London. 2018-yil, 23-oktabr.
Facebook Forum