Breaking News

Vashington choyxonasi: Jamol Qoshiqchi qanday o'ldirilgan edi?


O'ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchi xotirasi uchun o'tkazilgan namoyish, Istanbul, Turkiya, 25-oktabr, 2018-yil.
O'ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchi xotirasi uchun o'tkazilgan namoyish, Istanbul, Turkiya, 25-oktabr, 2018-yil.

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining Turkiyadagi Saudiya Arabistoni konsulligida o'ldirilgani siyosiy mojaroga aylanib ketdi.

U shu yil 2-oktabr kuni uylanishi uchun kerak bo'lgan hujjatni olish maqsadida Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni konsulligiga kirib ketadi va qaytib chiqmaydi. Tashqarida uni kutib turgan qallig'i bu haqda turk politsiyasiga xabar beradi va shundan so'ng uni qidirish ishlari boshlanadi. Turkiya hukumati jurnalistning ichkarida qiynab o'ldirilganini da'vo qiladi. Riyod dastlab bu ayblovni rad etib, Qoshiqchi konsullikdan sog'-salomat chiqib ketganini aytadi. Turkiya uning o'ldirilgani haqida dalillar borligini, hatto qotillik audioga yozib olinganini e'lon qilgandan so'ng va xalqaro maydonda bosimlar oshgandan keyin, oradan 18 kun o'tgandan so'nggina Saudiya Arabistoni jurnalistning konsullikda o'ldirilganini tan oldi.

Jamol Qoshiqchi o'zi kim? Aslida nima bo'lgan edi? Nega bu voqea global mojaroga aylandi? Saudiya Arabistoni Turkiya da'volariga qanday munosabat bildirdi va AQShning bu voqea bo'yiza pozitsiyasi qanday?

"Vashington choyxonasi"da kechgan navbatdagi muloqotimizda shu savollarga javob izladik. Suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Jurnalist Qoshiqchi o'limi atrofidagi mojaro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:26:17 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG