Breaking News

O’zbekiston Afg’onistonda tinchlik ta’minlanishidan manfaatdor


Afg'onistonda Hirot Xavfsizlik konferensiyasi

Afg’oniston masalalari bo’yicha maxsus vakil Ismatilla Irgashev O’zbekistonning Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishi uchun yordam berishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Irgashev Hirot Xavfsizlik konferensiyasining “Afg’oniston inqirozi, omillar va yechimlar” mavzusidagi bahsida prezident Shavkat Mirziyoyev Afg’onitonning tinchlik muzokaralari ishida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

“Hammamiz Afg’onistonga tinchlik qaytishidan manfaatdormiz. Shu sababdan Afg’on xalqiga yordam berib, ular bilan yonma-yon ishlamoqchimiz”,- deydi Ismatilla Irgashev.

O’zbekiston ayni damda AQSh departamentining Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha maxsus vakili Zalmay Halilzodning olib borayotgan muzokaralarini qo’llab-quvvatlamoqda.

Ismatilla Irgashev O’zbekiston Afg’onistonda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalarda hamkorlik qilishni istashini ham ma’lum qilgan.

Afg’oniston sobiq prezidenti Hamid Karzayning xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Rangin Dodfar Spanta O’zbekistonning Afg’oniston tinchlik muzokarlariga muhim hissa qo’shishi mumkinligini ta’kidlagan.

Kuzatuvchilar nazarida mintaqa davlatlari Afg’onistonda tinchlik ta’minlanishi yo’lida muhim rol o’ynashi mumkin. Jumladan, O’zbekiston rasmiylari Afg’onistonda barqarorlikka erishish borasida azaldan xalqaro miqyosda yetyakchilik qilib kelgan.

O’zbekistonda prezidentlar ushrashuvida ham ushbu mavzu muhokama qilingan edi.

Toshkentda Afg’oniston sulhiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazilgani, Tolibon guruhi vakillarining O’zbekistonga safari ham tinchlikka erishish yo’lidagi muhim urinishlardan bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG