Breaking News

Vashington choyxonasi: O'zbekiston xorijdagi vatandoshlar bilan ishlashga tayyormi?


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankida vatandoshlar davrasida, Vashington, AQSh.

25-oktabr kuni "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilindi. Asosiy maqsad xorijdagi vatandoshlar bilan aloqani kuchaytirish, ularning O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ishtirokini kuchaytirishdan iborat.

"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik. Qarorning asosiy mohiyati nimalardan iborat? Nihoyat, O'zbekiston xorijdagi vatandoshlariga yetarli darajada e'tibor berishni boshladimi?

Suhbatdoslarimiz - advokat, AQShdagi faol o'zbekistonliklardan biri Mirakmal Niyazmatov hamda moliyaviy tahlilchi, "Buyuk kelajak" ekspertlar kengashi a'zosi Nabijon Tog'ayev.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: O'zbekistonning vatandoshlar bilan ishlash siyosati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:31:39 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG