Breaking News

Turkmaniston Afg’oniston tinchlik dasturini qo’llab-quvvatlaydi


Turkmaniston va Afg'oniston tashqi ishlar vazirlari, Kobul, Afg'oniston

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Kobulga safari chog’ida Prezident Muhammad Ashraf G’ani va mamlakat Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri qo’shni Afg’oniston davlati bilan hamkorlikni oshirish bo’yicha muzokaralar o’tkazgan.

Rashid Meredov Prezident G’ani bilan muloqotda afg’onlar rahbarligidagi tinchlik dasturini qo’llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Meredov yirik mintaqaviy-iqtisodiy loyihalar Afg’onistonda tinchlikni ta’minlashiga, xalq osoyishtaligiga ko’maklashishiga umid bildirgan.

Prezident G’ani nazarida mintaqaviy loyihalardan hamma foyda ko'radi.

Ushrashuvlar davomida ikki davlat o’rtasida turli hamkorlik masalalari bo’yicha kelishuvlar imzolangan.

Rashid Meredov Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashuvda ikki davlat savdogarlari ishtirokida mushtarak kengash tuzish hamda iqtisodiy masalalar bo’yicha gaplashgan.

Turkmaniston va Afg’oniston bir necha iqtisodiy loyihalarda sherik. Turkmaniston gazini Afg’oniston orqali Pokiston va Hindistonga yetkazib beruvchi TAPI loyihasi va boshqa mushtarak hamkorliklar ikki davlatni bir-biri bilan bog’lab turibdi.

Turkmaniston rasmiylari ayni damda ushbu davlatlar ishtirokidagi loyihalarning xavfsizligini ta’minlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG