Breaking News

Afg’oniston shimolidagi notinchlik Markaziy Osiyoga tahdidmi?


Juzjon viloyati

Afg’onistonning shimoli-sharqiy va shimoliy viloyatlarida vaziyat kun sayin og’irlashib bormoda. Bodg’isdan Badaxshongacha bo’lgan to’qqiz viloyatning aksar qismlarida janglar davom etmoqda.

Afg'oniston shimolida janglar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:07 0:00

2016-yilning oktabrida Qunduz shahri Tolibon nazoratiga o’tgan edi. Taxor, Badaxshon, Juzjon, Faryob, Sari pul kabi viloyatlarning bir necha tumanlari Tolibon va DAISh nazoratida. Shimoldagi vaziyat va uning Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siriga nazar tashlasak.

Kuzatuvchilar nazarida Afg’oniston shimolidagi vaziyat dunyo siyosati bilan bog’liq. Faryobdan tahlilchi Kozim Aminiy ta’biricha notinchlik janubiy viloyatlardan shimolga ko’chirilgan, rejalashtirilgan jang.

Uning ta’kidlashicha, afg’on rahbariyati mamlakatdagi buyuk qarorlarda qatnasha olmayapti.

Mening fikrimcha, tolib va DAIShni ikki yetakchi davlat himoya qilmoda. Shimolda DAIShga qaraganda toliblar ancha faol.

“Karzay hokimiyati, ya’ni 2001-yildan 2014-yilgacha janubiy viloyatlarda ayovsiz janglar kechgan. Ashraf G’ani davrida esa bu janglar shimolga ko’chirilgan. Afg’onistondagi jang dunyodagi o’zgarishlar bilan bog’liq, o’z-o’zidan topilgan hodisa emas. NATO va Rossiya raqobatlari Ukraina, Iroq va Suriyada bo’lgani kabi Afg’onistonda ham davom etmoqda. Jang esa Rossiyaning siyosiy va xavfsizlik hududlari bo’lgan O’rta Osiyo davlatlari, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmaniston chegaralarida qo’zg’atilgan”, - deydi Aminiy.

Suhbatdosh nazarida vaziyat chigal, kun sayin izdan chiqmoda. Kim do’st, kim dushman, bilib bo’lmaydi.

“Toliblar ham odamlarni o’ldiradi, “xalq biz bilan” deydi. Hukumat ham saylov o’yinini boshlagan, zaif odamlar vakil bo’lib parlamentga boradi, xalq ovozi bilan kelgan vakillar bilan demokratik davlat qurganmiz, deydi hukumat. Maktablar yopiq. Agar Faryobni misol keltiradigan bo’lsam, 470 maktabdan chamasi 100 ta dargoh ochiq. Shaharlarga o’rnashib qolgan oz sonli qatlam maktabga boradi. Uzoq hududlarda yashovchi xalq ilm-ma’rifatdan yiroq. Xalq vaziyatga qarshi namoyish uyushtirish, norozlik bildirish kuchiga ega emas, hanuz millat shakllanmagan. Hukumat bilganini qilmoqda”, - deydi Kozim Aminiy.

NATO va Rossiya raqobatlari Ukraina, Iroq va Suriyada bo’lgani kabi Afg’onistonda ham davom etmoqda.

Tahlilchi DAIShning Afg’onistonda borligiga ishonmaydi. Uning fikricha, o’zini DAISh deb maydonga chiqqan guruh hukumatning keng ko’lamli himoyasiga ega.

“DAIShning paydo bo’lishi va ularning harbiy faoliyati soxta gap. DAISh birinchi bor Jalolobodda qad ko’tardi, radiosi ishga tushdi. Keyin norozi namoyishchilarni nishonga oldi. Juzjonda, Darzob va Qo’shteppa tumanlarida, Sari pulda Mirzoo’langda fojia yaratdi. Mening fikrimcha, tolib va DAIShni ikki yetakchi davlat himoya qilmoda. Shimolda DAIShga qaraganda toliblar ancha faol”, - deydi Aminiy.

Mozori Sharifdan sobiq harbiy Abdul Mo’min Makritning ta’kidlashicha, barcha jang va zo’ravonlikdan faqat oddiy xalq jabrlanmoda.

“Oyoq osti faqat xalq bo’lmoqda. Xalq ishonchini suiiste’mol qilganlar bir marta ham xalqni qayg’urmagan bo’lsa kerak. Ular tarix biz haqimizda nima der ekan, deb o’ylamaganlar”, - deydi Mo’min Makrit.

Suhbatdosh Tolibon va DAISh haqida shunday fikrda:

“Bu yerda faqat ot o’zgargan. Hukumat va muxolifatni himoya qiluvchi “xo’jayin” bitta. Jihod davrida himoychilar ikkita edi, Rossiya va Amerika”.

Sharhlovchilar nazarida, Rossiya raqiblari jangni Markaziy Osiya davlatlariga ko’chirishga harakat qilmoda. Moskva Vashingtonga imtiyoz bermaguncha bu vaziyat davom etadi degan qarash mavjud.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG