Breaking News

Turkiya Qoshiqchi o'limiga aloqador Saudiya rasmiylarini sud qilmoqchi


Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri jurnalist Jamol Qoshiqchi o’limiga aloqador bo’lgan ikki yuqori martabali sobiq rasmiylarini Turkiyaga topshirish talabi bajarilmasligini ma'lum qildi.

“Hibsga olish to’g’risidagi qarorga javobimiz quyidagicha: biz o’z fuqarolarimizni o’zga davlat ixtiyoriga topshirmaymiz. O’ylaymanki, Turkiya konstitutsiyasi ham o’z fuqarolarini topshirishni taqiqlaydi. Shunday ekan, huquqiy kanallar orqali qonuniy tartibda ma'lumot berishni istamaydigan davlatning qamoqqa olish haqida order berayotgani qiziq”, - deydi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr.

Turkiya rasmiylariga ko’ra, konsullik binosiga kirib ketayotgani video kameralarda qayd etilgan jurnalist ichkarida bo’g’ib o’ldirilgan. Uning tanasi bo’laklangan va kislotada eritib yuborilgan bo’lishi mumkin.

O’tgan hafta Turkiya sudi valiahd shahzoda Muhammad bin-Salmonning yuqori martbali yordamchilaridan bo’lgan Saud al-Qahtoniy va razvedka idorasining sobiq rahbari Ahmad al-Asiriyni hibsga olish to'g’risidagi qarorni tasdiqlagan edi.

Saudiya yetakchilari jurnalist Qoshiqchi o’limida ayblangan bir qator rasmiylarni lavozimidan olgan edi. Ular orasida yuqoridagi ikki rasmiy ham bor.

Turkiya prokuraturasiga ko’ra, Asiriy va Qahtoniyning qotillikni rejalashtirishda ishtirok etganiga doir jiddiy shubhalar bor.

Qahtoniy qotillik ishi bo’yicha AQSh Moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar belgilangan 17 kishilik ro’yxatga ham kiritilgan.

Turkiya qotillikka aloqador shaxslarni sud qilib, tegishli jazo tayinlashga qaror qilgan. Riyod esa bu ishni o’zi mustaqil hal qilishga layoqatli ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, Turkiyani tergov natijalari bo’yicha axborotni taqdim etmaganidan shikoyat qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG