Breaking News

"Oltin devor" tortishuvi AQSh hukumati ishini to'xtatib qo'yishi mumkin


Kongress joylashgan Kapitoliy binosi

AQSh hukumati xarajatlari yuzasidan kelishmovchiliklarda murosadan hanuz darak yo’q. Ikki partiya o’rtasidagi ziddiyatli pozitsiya o’zgarmasa, 21-dekabr oqshomida hukumat faoliyati vaqtincha to’xtatilishi mumkin.

Prezident Donald Tramp AQSh-Meksika chegarasida devor o’rnatish uchun besh milliard dollar ajratishni Kongress tasdiqlashini talab qilmoqda. Demokratlar va ayrim respublikachilar bunga qarshi chiqqan. Chegara xavfsizligi uchun demokratlar liderlari faqat 1,3 milliard dollar ajratish tarafdori.

Prezident Tramp 17-dekabr kuni murosaga kelmayotgan demokratlarni “Twitter” orqali tanqid qildi.

O’tgan hafta demokratlar lideri Chak Shumer va Vakillar palatasi spikerligiga qaytayotgan Nensi Pelosi bilan Oq uyda bo’lib o’tgan uchrashuvda Tramp chegara xavfsizligi uchun hukumat faoliyatini to’xtatish faxrli ish ekanini ta’kidlagan.

Aslida, yil oxirlab borayotgan bir pallada siyosiy rejalarni amalga oshirishda uzilishlar bo’lmasligi uchun respublikachilar va demokratlar oltin o’rtaliqni topib, murosa yo’lini tanlashi ham mumkin.

Hukumat faoliyati to’xtatilsa, AQShning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalarining asosiy xodimlarigina ishni to’xtatmaydi. Mahalliy xodimlarning ishlash-ishlamasligi ana shu davlat qonunchiligiga binoan hal etiladi. Avvalgi hukumat yopilishi davrida elchixonalar odatiy ish faoliyatini davom ettirgan edi.

Navbatdagi hukumat faoliyati to’xtatilishida 380 ming davlat xodimlari ishga chiqmasligi kerak bo’ladi. 420 mingga yaqin xodim esa zarur vazifalar bilan band bo’lishi kutiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG