Breaking News

Afg’oniston: Qamoqdagi o’zbek qo’mondoni besh oydan so’ng ozod etildi


O’zbek qo’mondoni Nizomiddin Qaysoriy 2-iyul kuni harbiylar tomonidan qo’lga olingan edi
O’zbek qo’mondoni Nizomiddin Qaysoriy 2-iyul kuni harbiylar tomonidan qo’lga olingan edi

Afg’onistonning Turkmaniston bilan chegaradagi Faryob viloyatida toliblarga qashi jang qilayotgan o’zbek qo’mondoni Nizomiddin Qaysoriy 2-iyul kuni harbiylar tomonidan qo’lga olingan edi.

Vitse-prezident general Abdul Rashid Do’stum himoyasidagi Qaysoriy besh oydan beri davlat xavfsizlik xizmati qamoqxonasida saqlanayotgan edi.

Bosh prokuraturaga ko’ra, Qaysoriy shartli ravishda ozod etilgan. Uning xorijiy davlatlarga chiqishi taqiqlangan. Uning ayni paytda Kobulda turib, istalgan payt davlat organlariga kelib turishi ham qayd qilingan.

Bosh prokuratura Qaysoriyning kafolatli ravishda ozod etilganini bildirar ekan, uni kim kafolat qilgani hanuz ma’lum emas.

Qaysoriy harbiy majlisga chaqirilib ushlab olingan edi. Uning ushlanish jarayonidan bir necha qo’riqchilari o’ldirilgan, yana bir qancha askarlari og’ir jarohatlangan holda Kobulga, davlat xavfsizlik xizmati qamoqxonasiga olib ketilgan edi.

Uning ozod etilishi uchun shimol va shimoli-sharqiy viloyatlarda 20 kunlik norozilik namoyishi o’tkazildi. Namoyishlar natijasida Qaysoriy ozod etilmagan bo’lsa-da, Turkiyaga quvg’in qilingan “Milliy Junbish” partiyasi rahbari general Do’stumga vatanga qaytishga ruxsat berilgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG