Breaking News

Suriyada AQShning to'rt askari halok bo’lgan


Manbij, Suriya
Suriya shimolida yuz bergan portlashda AQShning to'rt askari halok bo’lgan. Portlash uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” o’z zimmasigan olgan. Bu haqda shaxsini ma’lum qilmaslik sharti bilan AQSh rasmiylari xabar bergan.
Amerika boshchiligidagi koalitsiya voqea tafsilotlarini o’rganayotganini ma’lum qilgan.
Portlash Manbij shahri markaziy bozori restoranlaridan birida sodir etilgan. Bu paytda restoran yonidan harbiy patrul xizmati xodimlari o’tib borayotgan bo'lgan.
Tinch aholidan yetti kishi halok bo’lgan, to’qqiz kishi yaralangan.
“Prezident Trampga voqea yuzasidan hisobot berildi. Biz Suriyadagi vaziyatni nazorat qilishda davom etamiz”, - dedi Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.
Vitse-prezident Mayk Pens deydiki, Amerika talofatiga qaramay aslida bugun "Islomiy davlat" yer tishladi.
"Amerika harbiylari uning dodini berdi va qoldiqlarini ham yo'q qiladi",- deydi Pens.
2014-yilda AQSh Suriyada ikki zobitini yo'qotgan edi.
Tramp dekabr oyida “Islomiy davlat” ustidan g’alabani e’lon qilib, Amerika qo’shinlarini Suriyadan chiqarishga qaror qilgan edi.
Pentagon 11-yanvar kuni Suriyadan ayrim harbiy texnikalar qaytarilayotganini ma’lum qilgan. Biroq 2000 askarli Amerika kuchlari Suriyada vaziyat on’glangach qaytishini bildirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG