Breaking News

Pompeo: Suriya yuzasidan Isroil bilan hamkorlik kengayadi


Suriya, may, 2018

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Braziliyada Isroil rahbari Benyamin Netanyahu bilan uchrashar ekan, bu davlat bilan Suriya bo'yicha hamkorlik kengayadi, deya qayd etdi.

Isroil nazarida Eron Suriyada "agressiya" bilan band, ya'ni qator qurolli guruhlarni quvvatlab, G'arb va yahudiy davlatga qarshi urushda.

Pompeo deydiki, "Islomiy davlat" ga qarshi harakatlar to'xtamaydi va bu bilan AQSh Isroil manfaatlarini ham himoya qilmoqda.

Netanyahu va Pompeo, Tel Aviv, aprel, 2018
Netanyahu va Pompeo, Tel Aviv, aprel, 2018

Prezident Donald Tramp Suriyadagi kuchlarni vatanga qaytarishga qaror qilgan. U yerda urushni to'xtatish avvalo qo'shni davlatlarning vazifasi, deydi u.

Biroq AQSh bu urushda qolishi kerak, degan chaqiriqlar kuchli. Vashington o'z manfaatlari uchun o'zi kurashishi kerak, deydi yangi yildan mudofaa vaziri lavozimidan ketgan arbob Jim Mattis.

AQSh va Isroil razvedka bobida hamkorlikni kengaytirmoqda. Isroil o'zini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solishga haqli, deydi Netanyahu va Pompeo.

Netanyahu Amerika kuchlari Suriyadan chiqishiga qarshi. Bu davlat nazarida mintaqada Eron ta'siri kuchaymoqda. Suriyaga Erondan kelayotgan yordamdan xavotirlangan Isroil ayrim obyektlarni nishonga olib kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG