Breaking News

"Jeyms Veb" teleskopi fazoga ko'tarilish uchun tayyorlanmoqda


"Jeyms Veb" teleskopi maketi

So'nggi bir necha hafta ichida insoniyatning olis kosmosni o'rganish ishtiyoqi yanada kuchaydi. NASA uzatgan "Ultima Tule" asteroidi suratlari ko'zni qamashtirgan bo'lsa, xitoyliklar Oyning orqasidan jo'natgan rasmlar yana bir kashfiyot bo'ldi. Yaqin kelajakda ishga tushishi rejalangan "Jeyms Veb" teleskopi ham bu tadqiqotlarni yangi bir pog'onaga ko'tarishi kutilyapti.

"Jeyms Veb" teleskopi 2021-yil fazoga chiqishi kerak. U NASAning borliq haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.

"Jeyms Veb infraziqil nurlarni o'rganishga mo'ljallangan. Spektrning bu qismini avval ham o'rganganmiz, lekin Vebdek mukammal narsa bilan emas. Umidimiz shuki, borliq haqidagi tushunchalarimiz kengayadi", - deydi Susseks universiteti tadqiqotchisi Stefan Vilkins.

Infraqizil nurlar orqali nafaqat inson ko'zi ilg'amaydigan narsalarni ko'rish mumkin, baki u yulduzlararo gaz va changlar orasida boshqa nurlardek yoyilib ketmasligi bilan ham muhim. Demak, "Veb" teleskopi yanada uzoqroq va yaxshiroq ko'ra oladi.

"Veb borliqni infraqizil nurlarda kuzatishga moslangan. Bu orqali ilm-fanda ulkan yangilik qilishimiz mumkin. Koinotdagi eng uzoq galaktikalarni ko'rish mumkin. Kosmologik to'lqinlar tufayli ular nurdek ko'rinadi. Biz ularni faqat infraqizil nurlar orqaligina kuzata olamiz", - deydi Vilkins.

Yangi qurilma 1990-yildan beri ishlayotgan "Hubble" teleskopidan ancha yaxshi.

"Hubble"ga qaraganda kattaroq ko'zguga ega, demak, hajmi besh karra katta. Uning joylashgan o'rni ham qulay. Yer orbitasidan ham nariga boradi. Bu esa yanada uzoqdagi obyektlarni ko'rish imkonini beradi. Bu orada biz yaxshiroq asbob-uskuna va kameralarni yaratdik", - deydi tadqiqotchi.

Astronomlar endi "Veb" teleskopi orqali insoniyat borliqda yolg'iz emasligini isbotlasa, ajab emas.

"Veb aslida buning uchun yaratilmagan. Lekin uning missiyalaridan biri planetalarni topish va ularning atmosferasini o'rganish. Bu planetalar atmosferasidagi kimyoviy tarkibni o'rganish orqali ularda hayot bor-yo'qligi haqida dalillar topishimiz mumkin", - deydi olim.

Teleskop 2021-yilda ishga tushishi mo'ljallangan. U Yerdan 1,5 million kilometr uzoqlikda joylashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG