Breaking News

AQSh, Janubiy Koreya harbiy mashg'ulotlarni bekor qildi


Prezident Donald Tramp va Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan Oq uydagi yig'ilishda, Vashington, 2-yanvar, 2019

AQSh va Janubiy Koreya har yili o’tkaziladigan ikki yirik qo’shma harbiy mashg’ulotlarni bekor qildi. Mashg’ulotlar “Koreya yarimorolini to’liq yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish”ga qaratilgan edi.

Tahlilchi Robert Menningga ko’ra, mazkur qaror Shimoli-sharqiy Osiyo mintaqasi bo’yicha AQSh pozitsiyasining yana bir xatosi.

Pentagonga ko’ra, 2-mart kuni AQShning Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchisi Patrik Shanaxan va Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Chjon Kyon Du telefonda muloqot qilib, mashg'ulotlarni o'tkazmaslikka kelishgan. Lekin harbiy hamkorlik davom etadi.

Prezident Donald Tramp "Twitter" da shunday yozdi:

“Janubiy Koreya bilan harbiy mashg’ulotlarni bekor qilish yuzlab million dollarlik mablag’ni ayaydi. Mening pozitsiyam prezidentlik davrimdan avval ham shunday bo’lgan. Shuningdek, bu safar Shimoliy Koreya bilan tanglikni kuchaytirmaganimiz ma’qulroq”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG