Breaking News

Rossiya AQSh bilan aloqalarni tiklashga tayyorligini aytmoqda


هیئت قضات دادگاه بین‌المللی آبان که برای بررسی اقدامات حکومت ایران در مقابله حکومت با معترضان در آبان ۹۸ تشکیل شده بود، روز جمعه ۸ مهر با صدور حکم نهایی خود، اعلام کرد که دولت و نیروهای امنیتی جمهوری اسلامی ایران «بدون شک» مرتکب «جنایات علیه بشریت» شده‌اند.
هیئت قضات دادگاه بین‌المللی آبان که برای بررسی اقدامات حکومت ایران در مقابله حکومت با معترضان در آبان ۹۸ تشکیل شده بود، روز جمعه ۸ مهر با صدور حکم نهایی خود، اعلام کرد که دولت و نیروهای امنیتی جمهوری اسلامی ایران «بدون شک» مرتکب «جنایات علیه بشریت» شده‌اند.

Maxsus prokuror Robert Myullerning 2016-yilda AQSh saylovlariga Rossiyaning aralashuvi yuzasidan olib borgan tergov ishi yankunlandi. Kremlning matbuot kotibiga ko’ra, ayni damda AQSh-Rossiya munosabatlarining yaxshilanishi uchun qulay fursat tug’ilgan.

AQSh Adliya vaziri Vilyam Barr 24-mart kuni Myuller hisoboti bo'yicha umumlashtirilgan yakuniy axborotni taqdim etdi. Tergov xulosasiga ko’ra, Prezident Donald Tramp va uning saylov kampaniyasi ishtirokchilari Rossiya bilan til biriktiraniga oid dalil topilmagan.

Biroq Barrning yakuniy axborotida Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ta’sir ko’rsatish uchun jiddiy uringani ta’kidlangan.

Shunga qaramay, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 25-mart kuni Rossiya hukumatining AQSh bilan aloqalarni yaxshilashga tayyor ekanini bildirdi.

Peskovning aytishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tramp bilan o’tgan yili Xelsinkida uchrashganida ikki davlat munosabatlarini izga solishga tayyor ekanini bildirgan. Biroq bu AQShning sa’y-harakatlariga bog’liq, degan edi Putin.

“Prezident Putin AQSh bilan do’stona munosabatlar o’rnatilishidan manfaatdor ekanini takror-takror ta’kidlagan. Xelsinkida Trampga yetkazilgan to’p ayni damda maydonning AQSh tarafida”, - deydi Peskov.

Xelsinkida Putin Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashgani bo’yicha ayblovlarni inkor etgan edi. Markaziy Razvedka byurosining hisobotlariga qaramay, Tramp uning gaplarini qabul qilgan.

Peskov Myullerning hisoboti bilan tanishib chiqish imkoniyati bo’lmagani uchun batafsil ma’lumot bera olmasligini aytgan. Matbuot kotibi Rossiyaning AQSh va boshqa davlatlarning ichki ishlariga hech qachon aralashmaganini yana bir bor ta’kidladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG