Breaking News

O'zbekistonda ayollarning xorijga chiqishini cheklash taklif qilindi


Dalada ishlayotgan ayollar, Andijon, 2005-yil, 6-aprel

O’zbekistonda yosh bolali ayollarning xorijda ishlashiga taqiq qo’yish masalasi yana muhokamada.

Samarqandda o’tgan “Qizlarjon” o’quvchi qizlar sammiti ishtirokchilari voyaga yetmagan farzandlari bor ota-onalarning xorijga chiqishini taqiqlovchi qonun qabul qilish so'rovi bilan Oliy Majlisga murojaat qildi.

Avvalroq bu taklif Piskent tuman kengashi deputati Marhabo Qurbonova tomonidan ko’tarilgan edi. Mahalliy deputat voyaga yetmagan bolasi bor ayollarning xorijga chiqishini cheklashga chaqirgan edi.

O'zbekistonda ayollarga oid yangi taqiq taklifi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:51 0:00

Har ikki tashabbus ortida hukumat rasmiylari turgan bo'lishi mumkin, deydi kuzatuvchilar. Jamoatchilik bunday taqiqqa qarshi, o’zbek blogerlari bu borada o’z mulohazalarini bildirmoqda.

O’zbekistonda qancha bola muhojirlik tufayli ota-onaning qarovisiz qolayotgani ma’lum emas, ammo bu qamrov ancha kengligini taxmin qilish mumkin.

Muhojirlikdagi oilalarning aksariyati farzandlari O’zbekistonda qolgan, kimdir bolasini buvisi yoki buvasiga, kimdir yaqin yoki uzoq qarindoshlari qaramog’iga qoldirgan.

Ularning xorijga ishlash uchun ketayotgani ortidagi asosiy sabab mamlakatda qoniqarli ish o'rinlarining mavjud emasligi bilan bog'liq.

Rasmiylar muammoni taqiq orqali yechishga harakat qilayotgani xavotirli; aslida hukumat xorijga ketayotgan har bir onaga muhojirlikda topayotgan daromadini shu yerda taklif qilishi kerak, deydi faollar.

Izchil ko’tarilayotgan bu tashabbus bir tomondan ishsizlik muammosi hali beri barham topmasligidan darak bersa, boshqa tomondan muhojirlik oqimi asoratlarini hukumat anglayotganiga ishoradek.

“Amerika Ovozi” suhbatlashgan o’zbekistonliklar farzandlarini O’zbekistonda qolayotgani muhojirlikning eng og’ir muammolaridan biri ekanligini aytishadi, ammo ularning ish izlab xorijga chiqish sabablari ham aynan shu bilan - tirikchilik, oilani boqish, farzandlar o’qishi, kelajagini o’ylash bilan bog’liq.

Qancha oilalarning mehnat muhojiri sifatida xorijda yurgani va ularning qancha farzandi vatanida qolgani yuzasidan mamlakatda aniq raqamlar yo’q.

Mahalliy matbuotda o’z farzandini sotayotgan, boshqa jinoyatga qo’l urayotgan ayollar,o’z joniga suiqasd qilayotgan bolalar haqida xabarlar tez-tez uchrab turadi. Hukumat bu muammolar sababini mamlakatdagi ishsizlikdan emas, muhojirlikdan qidirmoqda, deydi kuzatuvchilar.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG