Breaking News

Markaziy Osiyoda bu yil qay jarayonlarni ko'zdan qochirmaslik kerak?


Markaziy Osiyo 2019: Ko'z uzib bo'lmaydigan jarayonlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:53 0:00

Markaziy Osiyo 2019: Ko'z uzib bo'lmaydigan jarayonlar

Qozog'iston Xalqaro Aloqalar Kengashi ijrochi direktori Iskander Akilbayev tahlilicha, Markaziy Osiyoda bir necha jarayondan ko'z uzmay, ularning ta'sirini to'g'ri baholay olish nihoyatda muhim. Qanday jarayonlar?

  1. AQSh, Xitoy va Rossiya orasidagi raqobat, ziddiyat va umum rishtalar Markaziy Osiyoga bevosita va bilvosita ta'sir qiladi. Ular orasida harbiy-mudofaa, biznes-moliya va xalqaro masalalar yuzasidan har qanday hamkorlik va kelishmovchilik bu hukumatlar mintaqa yuzasidan qiladigan qarorlar ortidagi omillar qatorida bo'lishi aniq.
  2. Markaziy Osiyoda iqtisodiy o'sish sust. Qozog'istonda bu yili 3-3,5 foz; Qirg'izistonda 3,2-3,8 foiz; O'zbekistonda 4,5-5 foiz; Tojikistonda 5-5,5 foiz va Turkmanistonda 5,5-6 foiz va mintaqada umumiy 4-4,3 foiz o'sish kutilmoqda.
  3. Regional integratsiya tomon muloqot jadallashgan, lekin amaliy qadamlar sekin. Mamlakatlar orasida turli yo'nalishlarda muzokaralar davom etmoqda. Qo'shnilar bir-biri bilan kelishishi uchun hali ko'p gaplashish kerak.
  4. Islohotlar haqida har bir mamlakatda eshitasiz, lekin asosiy e'tibor ijtimoiy muammolarda. Hamma joyda ham konkret chora-tadbirlar ko'rilmayotgan bo'lishi mumkin, lekin hukumatlar bu masalalarni chetlab o'tolmaydi. Siyosiy doiralar buni tushunib yetmoqda.
  5. Markaziy Osiyo davlatlarida prezident va parlament saylovlari yaqinlashmoqda. O'zbekistonda yil oxirida rejalangan parlament saylovlari islohotlar darajasini baholovchi sinov bo'ladi. Qozog'iston va Tojikistonda kelasi yilgi prezident saylovlariga tayyorgarlik boshlanadi.
  6. Demografik omillar har yerda namoyon. Markaziy Osiyo aholisi 70 milliondan oshgan va aksariyati yoshlar. Ular nima xohladyi? Nimaga qodir? Taraqqiyot, innovatsiya, ta'lim va inson kapitali xususida munozaralar boshlangan.
  7. Xitoy - yirik sarmoyador. Uning ta'siri qanday deganda nima seziladi va nima hozircha sezilmaydi? Xitoy Markaziy Osiyoda nimalarni ko'zlamoqda? Mintaqa undan nima istaydi? Odamlarning Xitoyga munosabati qanday?
  8. Qirg'izistonda siyosiy dinamika qizg'in. Amaldagi prezident, sobiq prezident va muxolifat orasidagi ziddiyatlar qanday tus olishi mumkin?
  9. Terrorizm hamon yuqori darajadagi tahdid. Hukumatlar bu masalaga jiddiy qarashda davom etmoqda. Global maydonda terrorizmga qarshi kurash mintaqaga qanday va qanchalik ta'sir qilishi mumkin?
  10. Afg'onistondagi mojaroga nisbatan Markaziy Osiyo hukumatlari jiddiyroq va faolroq yondasha boshlagan. O'zbekiston va Qozog'iston tinchlik muzokaralarini targ'ib qilib, ularga mezbonlik qilishga hozir. AQSh va uning ittifoqchilari bunga qanday qaraydi? Bu borada qanchalik birga ishlaydi?
Central Asia-2019: What to Watch
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:54 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG