Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Bu hafta Toshkentda yillik maslahatlashuv


AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan, Toshkent, 26-fevral, 2019

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Elis Uells bugun Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muloqot qildi.

Muhokamadagi masalalar: O’zbekistondagi islohotlar, Amerika bilan siyosiy-iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo integratsiyasi va xavfsizligi hamda Afg’oniston.

Uells xonim O'zbekistondan oldin Qirg'zistonda bo'lib, rahbariyat bilan gaplashdi. Asosan iqtisodiy va madaniy aloqalar haqida gap ketgan. AQSh diplomati hamkorlikda olib borilayotgan ijtimoiy va ta'limiy loyihalar bilan tanishgan.

AQSh-Qirg'iziston muzokaralari: Bishkek, 25-fevral, 2019
AQSh-Qirg'iziston muzokaralari: Bishkek, 25-fevral, 2019

Bishkekda AQSh va Qirgʻiziston sobiq prezident Qurmonbek Bakiyev davrida oʻgʻirlangan aktivlarni mamlakatga qaytarish haqida kelishgan. Qirgʻiziston Moliya vaziri Baqtigul Jeenbayeva va Davlat kotibi muovini Elis Uells bu boradagi hujjatga 25-fevralda qoʻl qoʻygan. Kelishuvga koʻra, AQSh Bakiyev va uning farzandi Maksim Bakiyev Qirgʻizistondan olib chiqib ketgan mablagʻni qaytarishga yordamlashadi.

Bu hafta Toshkentda AQSh-O'zbekiston yillik maslahat kengashida siyosiy, iqtisodiy va demokratik taraqqiyot borasida fikr almashmoqda.

Bu formatdagi uchrashuvlarga Barak Obama prezidentligi davrida asos solingan. Lekin Shavkat Mirziyoyev AQSh rahbari Donald Tramp bilan o'tgan yili uchrashganidan beri ilk bor o'tmoqda. O'shanda tomonlar orasidagi strategik sherliklikni yangilagan. O'zaro manfaatlar yuzasidan birga ishlashga so'z bergan.

Vashingtondan borgan katta delegatsiya Afg'inistondagi vaziyat, Markaziy Osiyo xavfsizligi, mintaqa birdamligi, savdo, inson huquqlari, xususan diniy erkinlikni muhokama qilish bilan birga O'zbekistonda adliya, ta'lim va ijtimoiy sohalarda, jumladan xotin-qizlar rolini oshirish uchun olib borilayotgan islohotlar bilan tanishmoqchi.

Prezident Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells bilan uchrashdi, Toshkent, 26-fevral, 2019
Prezident Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells bilan uchrashdi, Toshkent, 26-fevral, 2019

Prezident Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells bilan uchrashdi, Toshkent, 26-fevral, 2019
Prezident Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells bilan uchrashdi, Toshkent, 26-fevral, 2019

AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan, Toshkent, 26-fevral, 2019
AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan, Toshkent, 26-fevral, 2019

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG