Breaking News

AQSh mamlakatlarni Xitoy nayrangidan ogohlantirmoqda


“Bir kamar – bir yo’l” loyihasi sammitida qadah ko'taroyotgan Xitoy rahbari Si Zinpin. Pekin, 26-aprel, 2019

Joriy haftada Xitoy “Bir kamar – bir yo’l” tashabbusi doirasida dunyoning 37 mamlakatidan rahbarlarni qabul qildi. Loyiha ifrastrukturani takomillashtirshga bir trillion dollardan ziyod mablag’ ajratishni ko’zda tutadi.

AQSh esa dunyo mamlakatlarini tashabbus asosan Xitoy iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilishidan ogohlantirmoqda. Vashingtonga ko’ra, loyiha ishtirokchi davlatlar iqtisodiyoti uchun xavf tug’diradi.

Xitoyning xalqaro maydondagi ta’siri kuchayarkan, dunyoning turli burchaklaridan davlat rahbarlari Pekinga kelgan. Xitoy tezyurar poyezd liniyalari, zamonaviy portlar va yangi avtomagistrallarni taklif etmoqda.

“Afrika, Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va ayrim Yevropa mamlakatlari “Bir kamar – bir yo’l” tashabbusini ulkan imkoniyatlar uchun ayni muddao deb hisoblaydi. Chunki infrastruktura rivojiga qaratilgan harakat aynan Xitoy iqtisodining o’sishiga sabab bo’lgan omil”, - deydi Brukings Institutiga qarashli Xitoy markazi direktori Cheng Li.

Biroq AQSh hukumati bunday bitim boshqa mamlakatlar uchun salbiy yakun topib, qarzdorlikka yetaktlashi mumkinligini ta’kidlamoqda.

“Bir kamar – bir yo’l” loyihasi rivojlanayotgan davlatlarda temir yo’l, avtomagistral va portlar qurilishini moliyalab Xitoyga kredit qarzlarini to’lash mas’uliyatini olgan. Dastur va uning katta xarajatlari shaffof emas, degan xavotirlar ham yo’q emas.

“Ba'zi davlarlar xavotiri shundaki, bunday moliyalashtirish ishtirokchi mamlakatlardan ko'ra Xitoyga ko'proq foyda keltiradi. Ayrim hollarda, loyiha korrupsiyaga yo’l ochishi, atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimoli ham mavjud. Shundan kelib chiqib, ayni damda loyihadan ortga chekinish ham kuzatilmoqda”, - deydi Amerika Tadbirkorlik instituti vakili Zek Kuper.

Xitoy joriy yilda o’z pozitsiyasini qayta ko’rib chiqib, ayrim loyihalar bahosini tushirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va Yaponiyaga o’xshash davlatlar bilan hamkorlik qilishni taklif etmoqda.

“Hech qanday xavotirga o’rin yo’q, loyiha ularga katta yordam va taraqqiyot zamini bo’ladi”, - deydi “Bir kamar – bir yo’l” tadqiqot instituti vakili Chen Chunfeng.

Osiyoni Yevropa va Afrika bilan bog’lashni maqsad qilgan “Bir kamar – bir yo’l” tashabbusi dunyo diqqat markazida.

G’arbning ogohlantirishiga qaramay, Italiya loyihadagi Yevropaning ilk yirik mamlakati. Shveysariya ham qo'shilishga qaror qildi. Pekin Yevropadan ko’proq mamlakatlarni jalb qilishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG