Breaking News

Rozenblum AQShning O'zbekistondagi yangi elchisi sifatida ish boshladi


Toshkent, 30-may, 2019

Bugun Toshkentda AQShning O’zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblum Prezident Mirziyoyevga ishonch yorlig’ini topshirdi.

Gruziya va Janubiy Koreya elchilari ham qabul qilindi. Ularning xizmat muddati aynan shu kundan binoan boshlanadi.

Rozenblum O'zbekistondagi asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha tushuntirgan:

  1. Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash, mintaqa xavfsizligini himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashda faollik ko'rsatish.
  2. O'zbekistonda islohotlar jadallashishi yo'lida harakat qilish. Hozirgiga qaraganda ko'proq madad ko'rsatish, barcha jabhalarda.
  3. Amerika xususiy sektorini jalb etib, investitsiya qilish uchun zarur sharoit yaratilishida ko'maklashish.
  4. Inson huquqlari va erkinlikni targ'ib qilish. Ijobiy o'zgarishlarni olqishlab, kamchilik va muammolarni konstruktiv tarzda tanqid qilib, tizim yaxshilanishiga hissa qo'shish.
  5. Ikki xalqni yaqinlashtirish - turli almashinuv dasturlari, madaniy va ilmiy programmalar orqali yoshlarga imkoniyatlar yaratish, hamjihatlik va o'zaro hamkorlikni mustahkamlash.
AQSh qatorida Toshkentda Gruziya va Janubiy Koreya elchilari ham qabul qilindi. Ularning xizmat muddati aynan shu kundan binoan boshlanadi.
AQSh qatorida Toshkentda Gruziya va Janubiy Koreya elchilari ham qabul qilindi. Ularning xizmat muddati aynan shu kundan binoan boshlanadi.

Rozenblum 2014-yildan beri AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan diplomatiyasiga bosh-qosh edi. Ungacha Davlat departamentida turli boshqa lavozimlarda ishlagan, xususan Markaziy Osiyo bilan ham shug'ullangan.

Kasaba uyushmalari va mehnat huquqlari bo'yicha ham tajriba ega, chunki bu yo'nalishlarda ham xizmat qilgan.

Rozenblum AQShning nufuzli Yel va Jons Hopkins universitetlarini bitirgan. Ohayo shtatidan ziyoli oilasidan chiqqan. Oilali, ikki farzandi bor. Bu - Rozenblumning birinchi elchilik lavozimi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG