Breaking News

AQSh hukumatlarni tadbirkorlarni dastaklashga chaqirdi


 AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Tadbirkorlik bo’yicha global sammitda nutq so'zlamoqda. Gaaga, Gollandiya.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Tadbirkorlik bo’yicha global sammitda nutq so'zlamoqda. Gaaga, Gollandiya.

Gollandiyada Tadbirkorlik bo’yicha global sammitda so’zlar ekan, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo iqtisodiy taraqqiyot uchun zamin yaratishda hukumatlarning roli mavzusiga to’xtaldi.

“Birinchi o’rinda, ham moddiy, ham intellektual mulkka egalik huquqini kafolatlash lozim. Ana shu fundamental huquqsiz innovatsion yangilik uchun asos bo’lmaydi. Chunki innovatsiya uchun rag’bat bo’lmaydi”, - dedi Pompeo.

“Mulkka egalik huquqi - barqaror iqtisodiyotning asosi. AQSh o’z jamiyati va imzolayotgan xalqaro bitimlarida ana shunday himoya chorasi bo’lishini talab qiladi”, - dedi u.

Ikkinchidan, tadbirkor uchun qonun ustuvorligi juda muhim. Mavhumlikdan yiroq va izchil qonuniy tizim real amal qiladigan huquqlarni yaratadi, yetkazib beruvchi, mijoz va ishchi o’rtasida murosani yuzaga keltiradi. Tashkilotlarning ravnaqiga xizmat qiladi”, - dedi davlat kotibi.

“Prezident Tramp rahbarligida AQShdagi keraksiz qonun-qoidalarni bekor qildik. Korporativ soliqlarni qisqartirdik. Natijada, Gollandiya kompaniyalari AQShga sarmoya kirita boshladi. Dunyoning turli nuqtalaridagi Amerika kompaniyalari ham sarmoya kiritishga qiziqa boshladi. Mamlakatda sezilarli o’zgarishlar kuzatilmoqda. AQShda ishsizlik so’nggi 50 yil ichida eng past darajaga yetdi. Kichik bizneslar ish o’rinlari yaratish bo’yicha 45 yillik rekordni yangiladi”, - deydi Pompeo.

“Soliqlar va boshqaruvni qisqartirish formulasi nafaqat AQSh, balki barcha mamlakatlarda samara beradi. Tadbirkorlar taraqqiyot, farovonlik, shaxslarning kamol topishi va har bir shaxsning qadr-qimmatini ta’minlash jarayonlarida ishtirok etadigan muhim qatlam sanaladi”, - dedi Pompeo.

Davlat kotibi ishtirokchilarni sammitda orttirilgan tajribani o’z mamlakatlarida qo’llashga chaqirdi. “Umid qilamanki, har biringiz mavjud muammolarni bartaraf etib, o’zingiz va vatandoshlaringiz uchun yangi qadriyatlarga asos solasiz”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG