Breaking News

Afg'oniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Xitoy temir yo'li ochildi, yuk tashiladi


Afg'oniston O'zbekistondan hamkorlik uchun minnatdor

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tasdiqlashicha, 2019-yilning 11-sentabr kuni Kobul shahridagi “Arg” saroyida Afg‘onistondan Xitoyga O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari orqali birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tgan. Unda Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani va uning hukumati a’zolari, parlament vakillari, afg‘on ishbilarmonlari va diplomatlar qatnashgan.

Afg‘oniston Transport vaziri Yama Yari afg‘on mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish haqida so'zlab, Hayraton portidan Xitoyga 41 vagonli birinchi konteyner poyezdining muvaffaqiyatli yuborilganini aytgan. Bu yo'nalish Afg‘oniston eksportini bir necha marotaba ko‘paytiradi va tovarlarni tashish vaqtini kamaytiradi, degan vazir.

Prezident G‘ani: “Bugun Afg‘oniston uchun tarixiy kun, u eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘liga o‘tmoqda”.

G‘ani O‘zbekistonning mintaqaviy tranzit hamda transport va kommunikatsiyani rivojlantirishdagi sa’y-harakatlarini ijobiy baholab, alohida rahmat aytgan: “Men qadrdon do‘stim Prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni tiklash va rivojlantirish yo‘lida mamlakatimiz xalqi va hukumatiga ko‘rsatayotgan yordam uchun samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG