Breaking News

Ukraina yuzlashayotgan tahdidlarda xorijliklarning ulushi qancha?


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning urush vayron qilgan sharqiy hududlarida. 27-may, 2019.

Minglab xorijlik ultra-o’ngchi ekstremistlar va oq tanli irqchilar Ukraina hududida to’plangan. Bu oqimni Suriyada urush boshlangan dastlabki davrda yetib borgan jangarilar oqimiga qiyoslash mumkin.

Ular urush zonasiga sarguzasht izlab yoki o’z muddaolari uchun kurashish maqsadida kelgan. G’arb mamlakatlarining razvedka xizmatlari ularni diqqat bilan kuzatmoqda.

Nyu-Yorkda asoslangan “The Soufan Center” tadqiqot guruhi ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi yillarda 50 mamlakatdan 17 mingdan ziyod odam Ukrainaga yetib borgan. Ular orasida AQSh fuqarolari ham bor.

Irqchilarning ayrimlari Ukraina, ayrimlari esa Rossiya tarafidagi guruhlarga qo’shilgan.

Ekstremistlarning 15 mingga yaqini Rossiyadan kelganligi aytiladi.

“Boshqa to’dalar turli mamlakatlardan kelgan. Xususan, Belarusdan 800 kishi Ukrainada. Shuningdek, Germaniya, Gruziya, Serbiya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan yuzlab irqchilar ham shu mamlakatda to’plangan”, - deydi tadqiqotchi Jeyson Blazakis.

Olimning ta’kidlashicha, irqchilarning bunday harakati mohiyatan IShIDdan farq qilmaydi.

Londonda asoslangan Radikalizmni o’rganish xalqaro markaziga ko’ra, 2015-yilda Ukrainaga 50 mamlakatdan 21 ming irqchilar oqimi kirib kelgan. Bu ko’rsatkich Suriyaga xorijdan kirgan jangarilar sonidan ancha yuqori bo’lgan. 1980-yillarda Afg’oniston urushiga kirgan 20 ming xorijliklardan ham ko’proq.

“Oq tanli irqchilar ekstremizmi transmilliy muammo. Uning qamrovi Avstraliyadan Ukrainaga, Norvegiyadan to Yangi Zelandiyaga qadar”, - deyiladi “The Soufan Center” bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG