Breaking News

AQSh siyosiy boshpana olishni qiyinlashtirmoqda


Meksikadan AQSh hududiga kirish uchun navbatda turgan odamlar, 2019-yil, 16-iyul

Prezident Donald Tramp ma’muryati AQSh hududiga boshpana istab kirgan immigrantlar uchun tartib-qoidalarni og’irlashtirmoqda. Bunday tartib mamlakat janubiy chegarasi tomon kelayotgan immigrantlar oqimini to’xtatishga qaratilgan.

Joriy hafta zudlik bilan kuchga kiritilayotgan bu chora immigrantlarni boshpana taqdim etish bo’yicha Vashington bilan kelishuvga ega davlatlarga jo’natishni nazarda tutadi.

Avvalgi tartibga ko’ra, AQSh chegarasiga bir necha davlat hududidan o’tib kelayotgan migrantlar birinchi “xavfsiz” mamlakatdan boshpanaga murojaat qilishi kerak edi.

Biroq yangi tartib boshqa davlatlar hududidan o’tmagan migrantlarni ham uchinchi mamlakatlarga yuborishni nazarda tutadi.

Qayta saylanish uchun intilayotgan Tramp kampaniyasida immigratsiyani nazorat qilish, xususan, Markaziy Amerika mamlakatlari aholisining AQShga migratsiyasini cheklash tayanch mavzu sanaladi.

Ayni damda AQSh boshpana bo’yicha Kanada bilan ikki tomonlama kelishuvni imzolagan. Gvatemala, Salvador va Gonduras ham ana shunday shartnomani imzolagan, biroq pakt nihoyasiga yetkazilmagan.

Yangi tartib bo’yicha uchinchi mamlakatlarga yuboriladiganlar ana shu davlatda ta’qib va qiynoqlarga uchrashi mumkinligi to'g’risida asosli dalillar taqdim etishi mumkin. Bunday holat vaziyatni murakkablashtiradi.

Amerika immigratsiya kengashi maslahatchisi Aron Reyxlin-Melnikning aytishicha, tartib AQShning boshpana berish tizimini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.

“Agar mazkur tartib to’liq kuchga kirsa, amalda janubiy chegaraga kelgan migrantlarning hech biri AQShda boshpana uchun murojaat qilishga haqli bo’lmaydi”, - deydi u.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi 16-noyabr kuni boshpana bo’yicha Gvatemala bilan shartnoma qisqa fursatda kuchga kirishini ma’lum qilgan. Biroq aniq sanani e’lon qilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG