Breaking News

Pentagon saudiyalik harbiylar mashg'ulotini to'xtatib qo'ydi


Floridaning Pensakola shahridagi harbiy bazada saudiyalik talaba amalga oshirgan otishma qurbonlari tobuti olib ketilmoqda, 8-dekabr, 2019-yil.

Pentagon 10-dekabr kunidan saudiyalik harbiy soha talabalari uchun dala mashqlarini to’xtatib qo’ydi. O’tgan hafta Floridaning Pensakola shahridagi harbiy bazada saudiyalik talaba amalga oshirgan otishmada uch kishi halok bo’lgan, sakkiz kishi yaralangan edi. AQSh Federal qidiruv byurosi jinoyatni terror xuruji deb baholadi.

Qaror AQShda harbiy muassasalarda tahsil olayotgan 900 ga yaqin saudiyalik talabaga ta’sir ko’rsatadi. Ularning 300 ga yaqini Pensakolada o’qiydi. Talabalar nazariy darslarda ishtirok etishi mumkin, lekin ochiq maydondagi mashg'ulotlarga jalb etilmaydi.

Mudofaa vaziri o’rinbosari Devid Norkvist AQShda tahsil olayotgan barcha xorijiy talabalarni taftish qilish jarayonini qayta ko’rib chiqish to’g’risida buyruq bergan. Ayni damda mamlakat harbiy ta’lim muassasalarida 5000 dan ziyod xorijlik kursant bor.

Norkvist buyruq 10 kun ichida bajarilishini bildirgan. Ungacha o’rnatilgan cheklov amal qiladi.

Pensakolada otishmani sodir etgan Saudiya Havo kuchlari leytenanti 21 yoshli Muhammad al-Shamraniyni politsiya otib o’ldirgan. U shtatda ovchilik litsenziyasini qo’lga kiritgach, qurol sotib olgan edi.

AQSh federal qonunlariga ko’ra, mamlakatga immigrant vizasidan boshqa turdagi vizalar bilan kirgan shaxslarning qurol yoki o’q-dori xarid qilishi taqiqlangan. Biroq ovchilik litsenziyasini olish bundan mustasno.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG