Breaking News

Turkiyada "o'n yillikning eng katta qurilishi" bahslarga sabab bo'lmoqda


Xalqaro hayot - 2020-yil, 17-yanvar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an Turkiyaning Marmara va Qora dengizlarini bir-biri bilan bog’lovchi ulkan kanal qazishni boshlash niyatida. Loyiha “o’n yillikning eng katta qurilishi” deb atalmoqda. Kanal dunyoning eng tig’iz suv yo’lagi hisoblangan Bosfor bo’g’oziga muqobil yo’l bo’lishi kutilyapti. Ammo loyiha mahalliy va xalqaro darajada bahs-munozaralarga sabab bo’lmoqda.

Istanbulni ikkiga ajratib turuvchi buyuk Bosfor bo’g’ozi bahs markazida.

Istanbulliklar Prezident Rajab Toyyib Erdog’anning shaharda yangi kanal qurish loyihasiga qarshi.

“Istanbul kanali shaharning 8000 yillik tarixini vayron qilish demakdir. U shaharning barcha tabiiy suv manbalarini va hozirgi ariqlarni yo’q qiladi. Unga sarflanadigan katta mablag’ni ta’lim, ishsizlik yoki iqtisodiyotga ishlatgan yaxshi’, - deydi istanbullik Suna Ustun.

Hatto Erdog’anning o’zi ham loyihani “telbalik” deb atagan, ammo u bizga kerak, deydi.

“Bosfor bo’g’ozida to’qnashuvlar ehtimoli yuqori. Montryo konvensiyasi tufayli siyosiy tahdidlar ham bor”, - deydi Erdog’an.

Montryo kelishuvi bo’g’ozdan o’tadigan kemalar tranzitini nazorat qiladi.

12 milliard dollarlik loyiha doirasida dengiz darajasidagi kanal va uning bo’yiga yangi shahar va posyolkalar quriladi.

Bosfor dunyoning eng tirband dengiz yo’li. U yerdan bortiga xavfli materiallar ortilgan bahaybat tankerlar o’tadi.

To’qnashuvlar ham yuz berib turadi. Qatnov ko’paygani sari falokatlar ehtimoli ortmoqda.

“1979-yilgi voqeada odamlar o’lgan. 100 ming tonna neft suvga oqib, dengiz jonzotlari halok bo’lgan. Tirband va tor burilishlarda bunday fojia istalgan payt yuz berishi mumkin. Shamol va to’lqinlar vaziyatni yanada qiyinlashtiradi”, - deydi Istanbul Tijorat universiteti professori Mustafo Ilijali.

Atrof-muhit himoyachilarining ogohlantirishicha, yangi kanal mahalliy suv ta’minotini izdan chiqaradi va sho’rlanishi turlicha bo’lgan ikki dengiz bir-biriga tutashsa, eko-tizim ham buziladi.

Moskva ham tashvishda. Chunki bo’g’ozdan 80 yillik Montryo kelishuvi asosida Rossiya harbiy kemalari ham o’tadi.

Ammo yangi kanalda eski dunyo qoidalari amal qilmaydi.

“Montryo konvensiyasi harbiylar uchun muhim, ayniqsa, Rossiya uchun. Amerikaliklar undan xursand emas, chunki bo’g’ozga kirish cheklovlari yuqori. Bir davlat 21 kun ichida faqat 20 ming tonna hajmdagi kemani olib o’ta oladi, xolos”, - deydi Turkiyaning sobiq elchisi Mithat Rende.

Bu ko’hna to’plar Bosfor uchun eski dunyoda olib borilgan ko’plab janglarni yodga soladi.

Istanbul kanali bahs markaziga ko’char ekan, bu muhim suv yo’li ustida yangi kurash boshlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG