Breaking News

Bugungi O'zbekiston: "Amerika Ovozi" Tovoqsoydagi qamoqxonada bo'ldi


Tovoqsoydagi koloniya 1936-yildan beri bor. 1990-yillarda u yerda 4000-5000 orasida mahkum o'tirgan. Hozir u yerda 1000 kishi jazo o'tamoqda.

"Amerika Ovozi" ilk bor O'zbekiston qamoqxonalaridagi vaziyat bilan tanishdi. Dekabr oyida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining Tovoqsoy qishlog'ida joylashgan 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida bo'ldik.

Bundan oldin O'zbekistonda panjara ortidagi vaziyat bilan "Reuters" axborot agentligi 2003-yilda tanishgan. Xorijiy media birinchi va oxirgi marta o'shanda qamoqdagi manzarani ko'rgan.

Tovoqsoydagi zonada 1000 mahkum bor. O'zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili, Ombudsman Ulug'bek Muhammadiyev deydiki, islohotlar samarasi o'laroq u bugun mamlakatdagi istalgan hibsxona va qamoqxonaga kirib, vaziyatni o'rganishi mumkin. Xo'sh, ahvol bugun qanday?

"Amerika Ovozi" Tovoqsoyga 2019-yilda yopilgan Jasliq qamoqxonasidan ko'chirilgan mahkumlar bilan ham gaplashdi.

"Qamoqxonalar shaklan o'zgarib bormoqda. Sharoit yaxshilangan", - deydi Muhammadiyev.

Lekin mahkumlarga nisbatan munosabat va inson huquqlariga nisbatan umumiy yondashuv o'zgarishi uchun hali ko'p mehnat qilish kerak, deydi ombudsman. Hibsxona va qamoqxonadagi fuqarolar, suddan oldingi va keyingi sharoitni xalqaro me'yorlarga moslash uchun vaqt kerak va eng muhimi, bu boradagi islohotlar, sa'y-harakatlar to'xtab qolmasligi zarur.

Qamoqxona borki, achchiq taqdirlar, azob-uqubat, afsus-nadomatlar, shu bilan birga orzu-umidlar makoni. Terrorizm va ekstremizm ayblari bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ikki yosh mahkum bilan tanishdik.

Tovoqsoydagi koloniya 1936-yildan beri bor. 1990-yillarda u yerda 4000-5000 orasida mahkum o'tirgan. Zona bo'ylab, mahkumlarning yotog'i, yuvinish xonasi, darsxonalar va mashg'ulotlarda bo'ldik; kutubxona, saylov uchastkasi va hovlini aylandik, shuningdek, profilaktika bo'limini ko'zdan kechirdik.

36 yoshli Tohir Komilov Toshkent farzandi. 2015-yilda mutaassiblikda gumon qilinib, hibsga olingan. Konstitutsion tuzumga tahdid solganlik va terrorizm bilan bog'liq ayblovlar bilan 2016-yilda 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni o'tash uchun Jasliqdagi koloniyaga yuborilgan. 2019-yilda bu zona yopildi. U yerdagi 361 mahkum boshqa qamoqxonalarga ko'chirildi. Tohir Komilov bir necha safdoshi bilan Tovoqsoydagi 7-sonli koloniyaga joylashtirildi. "Amerika Ovozi" yaqinda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi bu zona bilan tanishdi. Mahkumlar Jasliqni qanday eslaydi? Bugungi ahvoli qanday? Erkinlik qanchalik yaqin? Adolat va huquq haqida nima deydi? Tohir Komilov o'zini "diniy mahbus" deb biladimi?

"Men bu dunyoning azoblarini qamoqda emas, erkinlikda tortdim", - deydi hali 25 bahorni ham ko'rmagan Rustam Qo'shbekov. U 2016-yildan beri panjara ortida.

Ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq ayblar ostida 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Qoraqalpog'istondagi mash'um Jasliq zonasida edi. 2019-yilda bu qamoqxona yopilgach, Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi 7-sonli jazoni o'tash koloniyasiga ko'chirildi.

Rustam o'smirlik paytida Rossiyaga ish izlab borib, nihoyatda qiynalganini aytadi. Keyin Suriyaga yo'l oldi. Xayolida hech kimga kerak bo'lmagan hayotini urush maydonida qurbon qilishga ahd qildi.

Bordi, lekin fikridan qaytdi. Ortga qaytish esa oson kechmadi. Ne azoblarni ko'rmadi. Bir amallab yana Rossiyaga keldi. Vatanda qidirilayotgani uchun oilasi bosimda edi. Rustam O'zbekistonga qadam qo'yishi bilanoq hibsga olindi. Sudlandi va Jasliqqa yuborildi.

"Men davlat va xalq dushmani emasman", - deydi mahkum. "Bo'lganmisiz?" deya so'raymiz undan.

"Bilib-bilmay balki bo'lgandirman", - deya javob qiladi Rustam.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG