Breaking News

Amerikalik tahlilchilar: Markaziy Osiyodan nima kutamiz?


Yevrosiyo madaniyat markazida Markaziy Osiyo xususida tadbir, Nyu-York, yanvar, 2019
Yevrosiyo madaniyat markazida Markaziy Osiyo xususida tadbir, Nyu-York, yanvar, 2019

Markaziy Osiyo mamlakatlarini 2020-yilda qanday o'zgarishlar kutyapti? Qirg'iz-Amerika jamg'armasi negizida Manhettenda yaqinda o'z eshiklarini ochgan Yevrosiyo madaniyat markazining ilk tadbirida yuqoridagi savolga javob izlandi. Markaz madaniyat, ta'lim va musiqa qatori markaz Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlarni ham amerikaliklarga tushuntirishga bel bog'lagan. Ekspertlarga quloq tutdik.

Bugungi Markaziy Osiyo AQSh ekspertlari tahlilida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:00 0:00


Endryu Vaxtel, Olma-Otadagi Narxoz Universiteti rektori:

“Qirg'iz-Amerika jamg'armasi bor. Ana shu jamg'arma direktori Aza Siddiqov bilan gaplashganimda u nafaqat musiqali dasturlar balki akademik, dolzarbroq mavzularni ham qamrash istagida ekanligini bildirgandi. Shunda men unga turkum suhbatlar dasturini boshlashni taklif qilgandim. Bugun ana shu suhbatlarning debochasi”.

Aza Siddiqov, Qizg'iz-Amerika jamg'armasi prezidenti:

“Qizg'iz-Amerika jamg'armasi” 2016-yil bir guruh iste'dodli musiqachilar tomonidan tashkil etilgan. Ushbu tashabbus betakror. Nega deganda, bunday tashkilotlar ko'pincha biznes olami vakillari tomonidan asos solinadi. Bizning holatda tashkilotni aynan musiqachilar tuzishgan. Mazkur g'oyani uch musiqachilar amalga oshirishni boshlashgan. Mening o'zim, pianinochi Jonatan Levin va xonanda Nikoletta Rallis. Biz o'z ishimizni Qirg'izistonni AQSh bilan madaniy va ta'lim dasturlari orqali bog'lash g'oyasidan boshlagandik. Biz turli konsertlar, madaniy tadbirlar o'tkaza boshladik. Shu jarayonda biz hamkorlar orttirdik. Ular orasida nufuzli Kolumbiya Universiteti, Vashingtondagi Kennedi markazi bor. Biz ilm-fanga, Markaziy Osiyoni o'rganishga aloqador turli tadbirlar o'tkazdik. Shu tariqa o'sib boryapmiz”.

Endryu Vaxtel, Olma-Otadagi Narxoz Universiteti rektori:

“Men AQShda ko'p yillar davomida ishlaganim bois Aleks Kulini yaxshi taniyman. U Markaziy Osiyo bo'yicha AQShdagi eng sara ekspertlardan biri. Ustiga-ustak u Nyu-Yorkda yashaydi. Shuning uchun biz ushbu loyihani birga amalga oshirishga qaror qildik. U noan'anaviy ko'rinishda bo'lib o'tmoqda. Mening nazarimda bu yaxshi ish. Biz salmoqli auditoriyani yig'ishga muvaffaq bo'ldik. Menimcha Qirg'iz-Amerika jamg'armasi uch oyda bir marta shu kabi bahslarni o'tkazib tursa juda yaxshi bo'ladi. Amerikada Markaziy Osiyo to'g'risida yaxshi bilishmaydi. Bor mutaxassislarda esa shunday odat borki, ular o'z maqolalarini tor doiraga mo'ljallangan jurnallarda chop etadilar. Umumiy auditoriya esa ular nimalar bilan mashg'ulligi bo'yicha tasavvurga ega bo'lmaydi.Shuning uchun hudud haqida qanaqadir katastrofa yuz berganda eshitasiz, o'qiysiz. Ya'ni Amerikadagi Nyu-York Tayms kabi nufuzli gazetalarda. Men Qirg'izistonda yashagan davrlarimda “The New York Times” sahifalarida biz haqqimizda yozishlarini xudo ko'rsatmasin deb aytardim. Chunki bu faqatgina dahshatli katastrofa yuz berganini anglatadi derdim. Chunki ular o'lkadagi yaxshi narsalarni hech qachon yozishmasa kerak. Maqsadimiz katastrofalarsiz ham [mintaqaga oid] umumiy tahlillarni qilish. Bu juda muhim”.

Jamg'arma va madaniyat markazining faoliyati tadqiqotchilar va AQShdagi nufuzli tashkilotlar e'tiborini o'ziga tortgan, so'ngra unumli hamkorlikni yo'lga qo'yilishiga yetaklagan.

Aza Siddiqov, Qizg'iz-Amerika jamg'armasi prezidenti:

“Bugungi har ikki spikerlar ham mashhur olimlar. Aleks Kuli Kolumbiya Universitetidagi Harriman instituti direktori. Bu tashkilot bizning hamkorimiz. Biz o'tgan yil birgalikda uch kun davomida zabardast yozuvchimiz Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlagandik. Ungacha biz 2017-yilda “AQShdagi Markaziy Osiyoliklar diasporasi” nomli loyihani amalga oshirgandik. Unda Amerikadagi Markaziy Osiyoliklar diasporasining barcha muammolari ko'rib chiqilgandi. Endryu Vaxtel Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetining sobiq prezidenti. Hozir u Olma-Otadagi Narxoz Universiteti direktori. U bizning jamg'armamiz direktorlar kengashi a'zosi. Mazkur g'oya unga tegishli. Biz turli-tuman loyihalar uchun ochiqmiz, biz faqatgina musiqa, madaniyat va ta'lim bilan cheklanib qolishni istamaymiz. Biz hududni o'rganish uni tushunishga yo'naltirilgan loyihalar uchun ham ochiqmiz. Menimcha, biz bu ishni uddasidan chiqdik. Bugungi tadbirimizda qatnashganlar orasida konsertlarimizning doimiy shinavandalari ham bor edi. Ularda geosiyosatga, umuman Markaziy Osiyoga qiziqish uncha katta emas. Lekin ular bugun bu yerga kelgach hududinmizda nimalar bo'layotgani, o'lkamiz tarixini, u yerdagi hozirgi jarayonlarni anglaganlarini menga aytishdi. Demak, biz bu kabi tadbirlarni o'tkazishda davom etamiz, chunki ular mintaqamiz borasida muhim ma'lumotlarni yetkazadi”.

Aleksandr Kuli, Kolumbiya Universiteti Harriman Instituti direktori:

“Mening nazarimda, biz ilk bor hududda asl ma'nodagi o'zaro hamkorlik boshlanganining guvohi bo'lib turibmiz. Avvallari, o'tgan o'n yillikda hudududiy hamkorlik kun tartibida doim tashqi ta'sir mavjud edi. Rossiya o'z qarashlarini, Amerika o'z qarashlarini, Yevropa Ittifoqi o'z qarashlarini targ'ib qilardi. Endi esa nihoyat boshdan oyoq hudud manfaatlaridan kelib chiqib hamkorlik boshlanganini ko'ryapmiz”.

Endryu Vaxtel, Olma-Otadagi Narxoz Universiteti direktori:

“Qozog'istonda mamlakatning tom ma'noda demokratlashuviga olib keladigan sekin o'zgarishlarni ko'rsak kerak. Bu kabi o'zgarishlar yuz berishi tom ma'noda kutilyapti. Nazarboyevning siyosiy sahnadan ketishi tomon ham kichik qadamlar tashlangan. Lekin Qozog'istonda keskin o'zgarishlarni kutish kerak emas. O'zbekistonda tanlangan kurs qanaqaligini ko'rdik. O'zbekistonda ham bu yil keskin o'zgarishlar bo'lishini men kutmayapman. Ko'ramiz. Bu juda murakkab va katta davlat. Aholisi ham ko'p. Uni o'zgartirish juda qiyin. Prezident uni biroz o'zgartirmoqchidek ko'rinyapti. U davlatni qanchalik tub o'zrgartirmoqchiligini hali aniq bilmaymiz. Qirg'iziston har doimgidek eng beqaror mamlakat bo'ladi. Mamlakatda bahorda parlament saylovlari o'tkaziladi. Demak u yerda yana shovqin-suron ko'p bo'ladi. Ammo natijasi avvalgiga o'xshaydi. Boylar yana parlamentda o'z joylarini sotib olishadi. Mamlakatda esa sezilarli o'zgarish ro'y bermayapti. Har yili mana shu yil Tojikistonda kollaps yuz beradi deydilar. Men o'ylaymanki nihoyat bu yil Tojikistonda kollaps yuz beradi. Axir necha yil kollaps ostonasida qolib ketaverish mumkin. Qachondir kollaps albatta yuz beradi-ku. Turkmanistonda har galgidek bo'ladi. Ya'ni hech nima yuz bermaydi”.

Amerikalik ekspert: O'zbekiston o'z foydasini o'ylab harakat qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

Aleksandr Kuli, Kolumbiya Universiteti Harriman Instituti direktori:

“Ochiqlik imkoniyatlar ochadi. Kutilmagan qiyinchiliklarni yuzaga chiqarishi ham mumkin. Ba'zan u shuningdek beqarorlikni keltiradi. Bu boshqarishni talab qiladigan keskinlik. O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati va aholisi soni inobatga olinsa hozirgi paytda mamlakatda bo'layotgan o'zgarishlarga ijobiy qarashga undovchi ko'plab asoslar bor deb o'ylayman. Eng muhimi O'zbekiston global mamlakat, global davlatga aylanmoqda”.

Endryu Vaxtel, Olma-Otadagi Narxoz Universiteti direktori:

“O'zbekistonda islohotlar… o'zgaryapti. Sekinlik bilan, ammo vaziyat biroz yaxshiroq bo'lgan. O'zbekistonga ishonchsizlik bilan qarovchilar esa aslida ular [hukumatdagilar] hech qanday jiddiy islohotlarni o'tkazishni istashmayapti, bular vaqtincha choralar deyishadi. Kim haq ekanligini esa vaqt ko'rsatadi. Har kim o'zi istaganini tanlashi mumkin. Lekin hozircha to'laqonli prognoz qilish uchun hech kimda yetarlicha ma'lumot yo'q”.

Aleksandr Kuli, Kolumbiya Universiteti Harriman Instituti direktori:

“O'zbekiston natijalar borasida bosh qotirishi kerak. Shunda u o'sadi, iqtisodiy imkoniyatlari yanada oshadi, mamlakat kuch-g'ayratga to'ladi. O'sib kelayotgan yosh avlod uchun yetarli ish o'rinlarini yaratish bilan mashg'ul bo'lish, qilinayotgan ishlardan ularda qoniqish hissini hosil qildirish albatta hukumat uchun katta sinov. Menimcha kelajak borasida aniq tasavvurning bo'lmasligi eng katta sinovlardan biri hisoblanadi”.

Aleksandr Kuli, Kolumbiya Universiteti Harriman Instituti direktori:

“O'zbeklar umidga to'la. Masala shundaki, ular qanday qarich bilan o'lchashyapti? Ular hozirgacha zamonaviy O'zbekistonni Karimov davridagi O'zbekiston bilan qiyoslashadi. Bu jihatdan olib taqqoslansa, vaziyat albatta ancha yaxshiroq ko'rinadi. Masalan shkala 1 dan 100 gacha chiziqdan iborat deylik. Karimov birinchi chiziqda turgan bo'lsa, hozir mamlakat 10- chiziqqacha yetgandir. Shubhasiz 1 ga qaraganda bu tashlangan ancha ildam qadam. 100-ni inobatga olinsa, ular albatta hali ancha ortda. 10-gacha kelib to'xtab, bizga balli deb turishadimi... yoki oldinga borishadimi biz hali buni bilmaymiz. Hozircha ular faqatgina ana shu tashlangan 10 qadam uchungina xalq ishonchini qozonishlari mumkin. Xalq yana ma'lum vaqt 10 qadam oldinga siljishganiga mamnun bo'ladi. So'ngra odamlar yana nimalarnidir kutayotganlarini aytadilar. Hozircha biz xalqning yanada ko'proq narsalarni talab qilishiga [hukumatning] munosabati qanday bo'lishini bilmaymiz”.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG