AQSh Vakillar palatasida Oʻzbekiston maslahat kengashi tuzilgan. 6-fevral kuni bu guruh oʻzini tanishtirdi. Respublikachi va demokrat qonunchilardan iborat Oʻzbekiston kengashining asosiy maqsadi, deydi kongressmenlar Trent Kelli va Visente Gonzalez, respublikaga nisbatan siyosatni belgilashda maslahatlashib turish va hamkor davlat parlamenti bilan ishlash. Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida oʻtgan tadbirda kongressmenlardan tashqari Amerika siyosiy, ilmiy, biznes va nohukumat doiralari vakillari hamda Toshkentdan kelgan rasmiy delegatsiya, xususan Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva va Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ham ishtirok etdi.
Kongressda O'zbekiston maslahat kengashi
AQSh Vakillar palatasida Oʻzbekiston maslahat kengashi tuzilgan. Respublikachi va demokrat qonunchilardan iborat kengashning asosiy maqsadi, deydi kongressmenlar Trent Kelli va Visente Gonzalez, respublikaga nisbatan siyosatni belgilashda fikr almashish va hamkor davlat parlamenti bilan ishlash.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Yanvar 26, 2026Amerika Manzaralari
-
Yanvar 19, 2026Amerika Manzaralari
-
Yanvar 12, 2026Amerika Manzaralari
-
Yanvar 05, 2026Amerika Manzaralari
-
Dekabr 29, 2025Amerika Manzaralari
-
Dekabr 22, 2025Amerika Manzaralari
Facebook Forum