Breaking News

Vyetnam dehqonlari hanuz bombalar qurboniga aylanmoqda


Urush oqibatlari bilan kurashayotgan vyetnamlik dehqonlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Bir necha o’n yillar oldin AQSh Janubi-sharqiy Osiyoning ayrim qismlariga havodan minglab bomba yog’dirgan. Amerika tarixidagi eng uzun harbiy mojarolardan biri hisoblanadigan Vyetnam urushi oqibatida mahalliy aholi hayoti izdan chiqqan, ko’plab dehqonchilik yerlari yaroqsiz holga kelgan. Nodavlat tashkilotlar bugun bu hududlarga qayta jon bag’ishlashga harakat qilmoqda.

Vyetnamdagi bu maydonda nafaqat qalampir, balki umid ham o’smoqda.

Kvon Tray villoyatiga II Jahon urushida tashlangan jami bombalardan ko’proq portlovchi modda tushgan.

“Guruch, shirin kartoshka ekayotgan edik. Lekin hosil yaxshi bo’lmadi, chunki yerni shudgor qila olmaymiz. Hamma joyda bomba va minalar bor. Ayniqsa, dahshatli klasterli bombalar juda ko’p”, - deydi dehqon Nguyen Van Tiep.

Nguyen dalada ishlayotgan payt bombani bosib oldi. Natijada mina portlab, bir ko’zidan ayrildi, badani ilma-teshik bo’ldi. Rasmiylarning aytishicha, 1975-yildan beri 100 mingdan ortiq odam ana shunday bombalar portlashidan halok bo’lgan yoki jarohatlangan.

“O’tmish o’tib ketdi. Bugun amerikaliklar va boshqa davlatdan odamlar kelib yerlarni qayta tiriltirishga yordam beryapti. Ulardan minnatdorman. Birgalikda urush maydonlarini bog’larga aylantiramiz. Toki bexavotir dehqonchilik qila olaylik”, - deydi Nguyen.

“Tinchlik ildizlari” kabi nodavlat tashkilotlar dalalarni bombalardan tozalab, dehqonlar joniga oro kirmoqda.

“Biz minalarni nafaqat ekin maydonlariga aylantiramiz, balki AQSh kabi yangi bozorlarga eksport hajmini oshirib, fermerlarga ham ko’mak ko’rsatamiz”, - deydi “Tinchlik ildizlari” tashkiloti asoschisi Haydi Kun.

Tashkilot dastlab maydonlarni portlamagan bombalardan tozalaydi. So’ng fermerlarga dehqonchilik sir-asrorlarini o’rgatadi. Ularga tayyor mahsulotni xorijga qanday eksport qilish bo’yicha ham saboq beriladi.

“Biz do’stlik urug’ini qadashga harakat qilyapmiz. Lekin siz qilishingiz mumkin bo’lgan eng do’stona va mehribonlik ishi bu ona yoki otaning o’z farzandini urushdan qolgan minalarga boy berib qo’yishiga yo’l qo’ymaslik”, - deydi Kun.

Kvon Tray viloyatida bomba portlashi tufayli qo’lidan yoki ko’zidan ayrilgan dehqonlar oz emas. Xalqaro nodavlat tashkilotlar bunday fojialarning yana yuz berishiga yo’l qo’ymaslikka, dehqonlar o’lim yoki jarohat qo’rquvisiz o’z ishini erkin qila olishi uchun sharoit yaratishga harakat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG