Breaking News

Afg’oniston yerlarini portlovchi moddalardan tozalash ishlariga ilk bor ayollar jalb qilindi. Bomiyon viloyatida 15 nafar xotin-qiz minalarni zararsizlantirish treningida qatnashyapti. Natijalar ijobiy.

Daniyada asoslangan minalarni zararsizlantirish guruhi 15 nafar afg’on ayolini maxsus treningdan o’tkazmoqda.

“Mina va portlovchi moddalarni zararsizlantirish usullarini o’rganyapmiz. Trening tugagandan so’ng, ayollar va bolalarni minalar xavfi bilan tanishtirmoqchimiz. Afg’onistonning har qayeriga borib ishlashga tayyormiz”, - deydi dastur qatnashchisi Nikbaxt Hasaniy.

Ularning aytishicha, minalar tufayli qurbon bo’layotganlar, asosan, ayollar va bolalar. Sabab yerda mina yoki portlovchi modda bor-yo’qligini bilish qiyin. Treningdan so'ng xotin-qizlar o’zini xafvsiz his qilishadi.

“Mina bor joylarni qanday belgilashni o’rgandik. Endi ularni zararsizlantirish usullari va uskunalarni xavfsiz ishlatishni o’rganamiz”, - deydi Najiba Qosim.

Bir oylik mashg’ulotdan o’tgan xotin-qizlarda ishlashga, o’n yillardan beri urushni boshdan kechirgan afg’on tuprog’ini xavfli moddalardan tozalashga hissa qo’shish imkoni bo’ladi.

“Ayol - tinchlik ramzi. Afg’on jamiyati erkaklar zo’ravonligi ostida parokanda bo’lib ketgan. Ayollar o’z qo’llari, o’z kuchi bilan farovonlik, tinchlikni tiklashga intilayapti”, - deydi dastur treneri Yashiro Ichishi.

Afg’oniston Tolibon iskanjasidan chiqarkan, ayollar ham vatani ravnaqi yo’lida hissa qo’shishni istaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG