Breaking News

Amerikada koronavirusga qarshi karantin qanday kechyapti?


Xitoyning Uxan shahridan yetib kelgan samolyot yo'lovchilari San-Diyegodagi harbiy bazaga olib kelindi, Kaliforniya, 5-fevral, 2020-yil

Yaqinda Xitoydan olib kelingan amerikaliklarning bir guruhi Kaliforniyada ikki haftalik karantindan o’tib, nihoyat uylariga qaytdi.

Karantindagi 160 nafar amerikalikning birortasida koronavirus borligi aniqlanmagan. Xitoyning Uxan shahrida bo’lib qaytgan bu shaxslar San-Diyego shahridagi harbiy bazada ushlab turildi.

“Karantin davrida muntazam ravishda sog’lig’imizni nazorat qilib borishdi. Kuniga ikki marotaba tibbiy tekshiruvdan o’tkazishdi. Yosh farzandlarimizga hatto bolalar o’yingohlari ham o’rnatib berishdi”, - deydi o’zini Key deb tanishtirgan evakuatsiya qilinganlardan biri.

Karantin tugagandan so’ng, uyga qaytib ketishga yetarli moliyaviy sharoiti bo’lmaganlarga zarur ko’mak berildi.

“Germaniyada karantinda ushlab turilgan do’stimning aytishicha, u yerda yaratilgan sharoit biznikichalik yaxshi emas. Bu yerda karantinda yegulik bilan ta’minlashyapti. Hatto safimizda xitoyliklar ko’pligi hisobga olinib, ta’bga mos taom keltiryaptilar”, - deydi yana bir evakuatsiya qilinganlardan biri Kerri.

Shunday bo’lsa-da, San-Diyego shahri hokimiyati virus tarqalishining oldini olish chorasi tariqasida favqulodda vaziyat e’lon qilgan.

Hozir AQShda jami 5000 nafar amerikalik karantin holatida. Hukumat ular uchun mamlakatning turli shtatlarida 15 ta harbiy bazadan joy ajratgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG