Breaking News

Pentagon: Koronavirusga qarshi keskin kurash kamida 90 kun oladi


General Mark Milli - AQSh bosh harbiysi, Mudofaa vazirligida birlashgan shtablar rahbari

Koronavirus pandemiyasi bir necha hafta ichida pasayadigan tahdid emas, deydi AQSh harbiy qo'mondonlari va mudofaa vaziri.

Pentagon pozitsiyasi Oq uyda Prezident Donald Tramp qilayotgan bayonot va bashoratlardan ancha farq qiladi.

"Juda bo'lmaganda may oyi oxiri yoki iyun va iyulgacha cho'ziladigan jarayon bu", - deydi General Mark Milli, AQSh bosh harbiysi, Mudofaa vazirligida birlashgan shtablar rahbari.

Mudofaa vaziri Mark Esper ham virtual muloqotda shunga urg'u berib, koronavirus balosidan qutulish uchun nafaqat Amerika xalqi, balki butun insoniyat ancha payt favqulodda holatda yashashiga to'g'ri keladi, deydi.

“Hammamiz real vaziyatdan kelib chiqqan holda rejalashimiz kerak", - deydi Esper.

General Milli fikricha, biror hukumat hozir bu borada ishonch bilan biror narsa deya olmaydi va sharoitga moslashishga harakat qilish kerak, ya'ni koronavirus xavfi ostida yashashga.

Prezident Tramp esa 12-aprel, Pasxa bayramigacha vaziyat ancha o'nglanadi va normallasha boshlashi kerak, degan fikrda.

COVID-19 nomi bilan tanilgan kasallikka qarshi kurashda harbiylar muhim rol o'ynamoqda. Kasalxonalar ochish, zarur bo'lgan joylarda tibbiy xizmat ko'rsatilishini ta'minlash, texnik yordamni o'z vaqtida yetkazishda 8000 dan oshiq zobit safarbar etilgan.

Favqulodda hollarda harakat qilishga o'rgatilgan kuchlar Vashington va Nyu-York shtatlarida, virus keng tarqalgan hududlarda, xizmatda.

Pentagonga ko'ra, AQSh harbiylari dunyo bo'ylab ham koronavirusga qarshi kurashga hissa qo'shadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG