Breaking News

Koronavirus afg’onlar hayotini yanada og'irlashtirgan


Afg’onistonda koronavirus davrida narxlar oshib ketdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

Afg’onistonda koronavirus davrida narxlar oshib ketdi. Qashshoq mamlakat aholisi ro’zg’or tebratishi yanada qiyinlashdi.

Insonparvar tashikotlar, shirkat, muassasalar asta-sekin yordam bera boshlagan. Faryob viloyatida deputat Shafiqa Yo’lchi o’z maoshi hisobidan 120 oilaga yordam ulashdi. Un, guruch, yog’.

“Bizga ular (Shafiqa Yo’chi) dan boshqa odam, qandaysan ham demagan” - deydi fuqarolardan biri.

“Hamma uyda o’tiribdi. Do’konlar yopiq, narxlar oshgan”,- deydi yana bir faryoblik.

“Ko’zim ham ojiz. Hech narsaga ilojimiz yetmaydi”, - deydi Hamroh ismli otaxon.

Ayni paytda diniy faollar kambag’allarni qo’llab-quvvatlash kerak deya islom dinidan o’rnak keltirmoqda.

“Sadaqa balolarni rad etadi deyiladi rasulullo hadislarida. Bugun koronavirus hammani tahdid qilayotgan ekan, qurbi yetgan odamlar boshqalarga yordam berishi kerak… Ulamolar ham masjidlarda odamlarni ehtiyotkorlikka chaqirmoqda”,- deydi imom Abdul Latif.

Mamlakat bo’ylab koronavirusga qarshi kurash bo’ycha yetarli imkoniyat mavjud emas. Tumanlarda virusga chalinganlar bo’lsa, viloyat miqyosida ixtisoslashtirilgan kasalxonaga olib boriladi.

“Davlat tumanlarda koronavirusga chalinganlarni davolash yoki karantinda saqlash uchun sharoit yaratib bermagan”,- deydi Faryob viloyatining Andhuy tumani hokimi Sulton Muhammad Sanjar.

Bozorlarda narxlar oshib borayotgan ekan, ayrim shirkatlar un kabi mahsulotlarni arzon narxda sotmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG