Breaking News

AQSh-Xitoy ziddiyatining asosiy qurboni - matbuot erkinligi


Pekin

2-martdan beri AQSh Xitoy davlat matbuotining AQShdagi xodimlari sonini cheklab qo'ygan, Pekin esa Amerikaning Xitoydagi muxbirlari sonini va faoliyatini. Bu media urush, deydi tahlilchilar.

"Amerika Ovozi"ning Pekindagi byurosi ham elakdan o'tkazilgan va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi muntazam hisobot talab qilib turibdi.

"The New York Times", "The Wall Street Journal", va "The Washington Post" singari yirik gazetalar ham Xitoyda bosim ostida ishlamoqda. Pekin ulardan hujjatlarni yangilashni talab qilmoqda. Shu bahona faoliyatni susaytirishga harakat qilishmoqda, deydi jurnalistlar.

"Amerika Ovozi" byurosi to'xtovsiz xabar uzatmoqda va guvohnomalar olib qo'yilmagan.

Xitoy Amerika tashkilotlariga ishlaydigan mahalliy fuqarolarni ogohlantirib, ularni boshqa joylarga o'tishga undayotgani ma'lum.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik muxbirlarni qayta ro'yxatdan o'tkazmoqda
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik muxbirlarni qayta ro'yxatdan o'tkazmoqda

"Amerika Ovozi"ning pekinlik xodimi ulardan biri. Qizig'i, mutaxassislar bundan ajablanmaydi. Ikki davlat orasidagi aloqalar murakkablashar ekan, bunday hollar yuzaga kelishi kutilgan edi, deydi ular.

Har ikki davlat o'z hududida "media chora" ko'rmoqda. Bu esa avvalo matbuot erkinligi va axborot oqimiga zarba.

Xitoy aynan mahalliy xodimlarni ishdan ketishga majburlayotgani G'arb OAVlarining bu mamlakatdagi ishini nafaqat qiyinlashtiradi, balki dunyoning eng ko'p aholiga ega davlatidan haqqoniy informatsiya chiqishi yo'liga ham to'siq qo'yadi. Chet ellik jurnalistlar axborot yig'ish, tahlil qilish va uzatishda mahalliy hamkasblarining yordamiga tayanadi. Operatorlar, tasvirchilar, muharrirlar, video tahrirchilar - aksariyat hollarda mahalliy fuqarolar.

Afsuski, ularni himoya qilish xorijiy OAVlar uchun oson emas. Xitoy o'z fuqarosiga qanday munosabatda bo'lishga o'zigina haqli ekanini eslatib turadi. Xitoylar chet el matbuotiga ishlar ekan, hayoti doimiy xavf ostida.

Xitoy hukumati o'zi idora etmagan ijtimoiy tarmoqlarga ruxsat bermaydi
Xitoy hukumati o'zi idora etmagan ijtimoiy tarmoqlarga ruxsat bermaydi

Senzura Xitoyda chuqur ildiz otgan va har kuni amalda. Koronavirus bilan bog'liq holatni yoritishda ham hukumat barcha vositalarini ishga solgan holda matbuotni qattiq tazyiqqa oldi.

Kasalxonalarga kirish, tibbiy xodimlar va shifokorlar bilan gaplashish, aholi bilan muloqot - hammasi har kuni cheklanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar keskin nazoratda va hukumat idora eta olmaydigan tizimlarning hammasi man etilgan.

AQSh Xitoy davlat jurnalistlarining Amerikadagi sonini cheklasa-da, ularning faoliyatiga umuman aralashmaydi. Jurnalistlarga bu mamlakatda nimaiki mumkin bo'lsa, xitoylik muxbirlar ham shunday imkoniyatga ega, deydi rasmiylar. Biroq Pekin bu haqiqatni tan olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG