Breaking News

Tramp: Test qayta ochilishda muammo emas


Oq uy, 27-aprel, 2020

27-aprel kuni Oq uydagi brifingda Prezident Donald Tramp koronavirus uchun testlar mamlakat qayta ochilishi uchun muammo bo'lmaydi, deya qayd etdi.

"Har bir shtatida pandemiyaga nisbatan progress bor. Tayyorgarlik ko'rayapmiz. Normal hayotga qayta boshlaymiz", - dedi Tramp.

Koronavirus avj olgan shtatlarda test ko'lami kengaytirilmoqda.

Oq uy uchun iqtisodiyotni oyoqqa turg'azish ustuvor masala, deydi prezident.

"Amerika ochilishni xohlaydi".

Shtatlar qachon ochilishni o'zlari hal qiladi. Oq uy joriy etgan tartib shuki, agar biror ma'muriy hududda 14 kun davomida koronavirus muntazam chekinsa, demak, u uch bosqichli ochilish jarayoniga tayyor. Federal hukumat yordam beradi.

"Amerikadagi ko'lamda hali biror davlat o'z aholisini ko'rikdan o'tkazgani yo'q. Bu borada biz yetakchimiz", - deydi Tramp.

Eskpertlarga ko'ra, may o'rtalariga borib Amerika real tarzda ochila olishi uchun kuniga 500-700 ming odam ko'rikdan o'tayotgan bo'lishi kerak. Hozircha bu son kuniga o'rtacha 146 ming.

AQShda qariyb olti million odam koronavirus testi topshirgan. Bugunga qadar virusni yuqtirganlar 1 millliondan oshdi. O'lganlar esa 60 mingga yaqinlashmoqda, tuzalganlar esa 140 mingga.

Jahon bo'ylab, kasallikka chalinganlar uch milliondan ziyod, vafot etganlar esa deyarli 212 ming. Sog'ayganlar salkam 925 ming.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG