Breaking News

Germaniya sudi: Razvedka xizmati matbuot erkinligini buza olmaydi


Germaniya Federal Razvedka Xizmati, Berlin

Germaniya Konstitutsion sudi hukmiga ko'ra, xavfsizlik tizimi biror qonunni buzishga haqli emas.

Bir guruh jurnalistlar Federal Razvedka Xizmatini (BND) ularning telefon va internet aloqalarini zimdan kuzatayotganlikda ayblab, shikoyat qilgan edi.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti bu jurnalistlarni quvvatlab chiqqan.

Konstitutsion sud qayd etishicha, davlat maxfiy xizmati va xavfsizlik organlari so'z va matbuot erkinligiga raxna solmasligi kerak. Qonunlar bu huquqlarni butkul himoya qiladi, deyiladi hukmda.

Germaniyadagi to'rt OAV, olti jurnalisti, jumladan Ozarbayjondan Xadija Ismoilova va Sloveniyadan Blaz Zgaga 2017-yilda Berlin razvedkachilaridan arz qilib, sudga murojaat qilgan edi. Ularga "Chegara bilmas muxbirlar" qatorida Fuqaro erkinliklari jamiyati ham yordam ko'rsatgan.

Shikoyatga ko'ra, BND chet elda bu jurnalistlarning ishini pinhona kuzatib, kommunikatsiyalarini yashirin tarzda yozib olishni yo'lga qo'ygan.

Bu bilan nafaqat jurnalistlarning balki manbalarning ham hayoti xavf ostida qo'lgan, deyiladi sudga berilgan arizada.

Hukm Germaniya hukumatidan BND faoliyatida darhol o'zgarishlar qilishni talab qiladi. Razvedka xizmatining maxfiy kuzatuv programmasi davlat qomusiga ziddir, deyiladi unda.

Jurnalistlar va ularni quvvatlovchi tashkilotlar hukmdan mamnun va boshqa davlatlarda ham shunday harakatlarga undamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG