Breaking News

AQSh qariyb 1000 muhojir bolani yurtiga qaytarib yubordi


AQShdan deportatsiya qilingan bola olib ketilmoqda. 12-mart, 2020.

AQSh mart oyidan beri Meksika, Salvador, Gvatemala va Gonduras mamlakatlaridan bo’lgan kamida 1000 nafar hamrohsiz muhojir bolani yurtiga qaytargan.

BMT Bolalar fondi, UNICEF, pandemiya davrida bu mamlakatlarda zo’ravonlik va diskriminatsiya yanada kuchayganini qayd etadi. Meksika ham oxirgi 2-3 oyda 447 muhojir bolani Gvatemala va Gondurasga jo’natgan.

Bu davlatlarda AQSh va Meksikadan qaytgan bolalar salbiy munosabat bilan yuzlashadi, chunki ularga koronavirusni yuqtirganlik shubhasi bilan qarashadi. Darhaqiqat, bu bolalarning ba’zilarida COVID-19 aniqlangan.

Masalan, Gvatemalada AQShdan qaytgan 100 nafar muhojirda virus aniqlangandan so’ng ularning uyiga o’t qo’yish, ularga qarshi jismoniy kuch ishlatish hollari yuz bergan. Gondurasda ham muhojirlarni, jumladan bolalarni mahallaga kiritmaslik yoki ularga hujum qilish holatlari kuzatilgan.

UNICEF hukumatlarga bu bolalarning xavfsizligiga e’tibor qaratish lozimligini eslatmoqda. Shuningdek, muhojir bolalarni ota-onalaridan ajratib, hamrohsiz deportatisiya qilishga chek qo’yishni, ularni vataniga qaytarishdan avval tibbiy tekshiruvdan o’tkazishni so’ramoqda.

Shu kungacha Meksikada 59 567, Gondurasda 3204, Gvatamelada 2512, Salvadorda 1725 kishi virusga chalingan.

Ushbu qashshoq mamlakatlar aholisining ahvoli koronavirus pandemiyasi davrida yanada og’irlashishi turgan gap.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG