Breaking News
Din

AQSh O'zbekistondagi diniy erkinlikni qanday baholaydi?


AQSh: O’zbekiston diniy erkinlik bobida ijobiy qadamlar tashlayapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:29 0:00

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQSh Davlat departamentining Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha 2019-yilgi hisoboti O’zbekiston uchun muhim voqea bo’ldi. Tadbirda Davlat kotibi Mayk Pompeo nutq so’zlar ekan, o’z fuqarolarining e’tiqod erkinligiga qarshi bosim va to’siqlarga barham berish maqsadida dadil qadam tashlagan mamlakatlarni sanab o’tdi. Ular orasida, uzoq yillar diniy repressiya qo’llanib kelingan sobiq sovet ittifoqi tarkibida bo’lgan Markaziy Osiyo davlatlaridan O’zbekiston ham bor edi .

“O’zbekiston diniy erkinlik borasidagi ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun zarur choralarni qo’lladi, ular hanuz amalda. 2019-yilda ro’yxatdan o’tmagan diniy guruhlar jamoatini ta’qib qilish holatlari qayd etilmadi. 2018-yilda O’zbekistonda shu maqsadda 114 ta reyd o’tkazilgan edi. Bu ko’rsatkich 2017-yilda 240 ta bo’lgan”, - dedi davlat kotibi.

AQShning diniy erkinlik bo’yicha elchisi Sem Braunbek ham O’zbekiston hukumatining e’tiqod erkinligi uchun zamin yaratish yo’lida qo’llagan muhim chora-tadbirlarini ijobiy baholadi.

“Oldinga intilishni istaydigan hukumat bilan ishlash mamnuniyat bag’ishlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada ehtiyotkor. “O’n marta o’lchab, bir marta kesish kerak”ligini ta’kidladi prezident. Uning fikrini qo’llab-quvvatlayman. Biroq, oldinga intilishdan to’xtab qolmaslik lozim”, - dedi elchi.

Braunbek ham o’tgan yilda O’zbekistonda diniy institutlarda reydlar o’tkazilmaganini e’tirof etdi. Shuningdek, boshqa yutuqlarga ham urg’u berdi:

“18 yoshdan kichiklar avvallari O’zbekistonda masjidga kiritilmas edi. Bu taqiq olib tashlandi. Mamlakatda sakkizta ibodatxona ro’yxatga olindi. Bizningcha, bu ro’yxat kengayib borishi lozim. Shuningdek, erkinlik sarhadlari ham kengayishi muhim. Biz shu paytga qadar qilingan ishlardan mamnunmiz”.

Elchining ta’kidlashicha, e’tiqod erkinligini ta’minlash bilan mamlakatlar iqtisodiy barqarorlik va xavfsizlikka erishadi. Biroq islohotlar davomiy bo'lishi lozimligini unutmaslik kerak.

“Bu qisqa fursatda natija beradigan ish emas. Natija uchun zamin hozirlash kerak. Urug’ qadash uchun unumdor tuproq bo’lishi lozim. Hosilini olish uchun vaqt kerak”, - dedi Braunbek.

O’zbekistonda ayni damda ana shu “unumdor tuproq” hozir bor, deydi elchi. “Hosil olish uchun jarayonni davom ettirish lozim”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG