Breaking News

Qirgʻizistonda koronavirus, pnevmoniya avj olmoqda


Sobiq prezident Almazbek Atambayev ham “ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi bilan tergov qamogʻidan kasalxonaga oʻtkazilgan
Sobiq prezident Almazbek Atambayev ham “ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi bilan tergov qamogʻidan kasalxonaga oʻtkazilgan

Qirgʻizistonda koronavirus pandemiyasidan tashqari pnevmoniya ham avj olmoqda. Pnevmoniyaga chalinganlar orasida sobiq va amaldagi bir qator amaldorlar ham bor. Jumladan,Qirgʻizistonning sobiq muftiysi Chubak hoji Jalilov pnevmoniyadan vafot etdi.

11-iyul kuni Qirgʻizistonning sobiq muftiysi Chubak hoji Jalilov pnevmoniyadan vafot etdi. Taniqli diniy olim endigina 45 yoshga kirgan edi.

Sobiq muftiy Bishkekdagi kasalxonaga 10-iyulda kechasi ogʻir ahvolda olib kelingan. Bir soatdan keyin esa vafot etgan. Unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan.

Chubak hoji Jalilov nafaqat Qirgʻizistonda balki Markaziy Osiyoda ham nufuzli olimlardan biri hisoblangan.

U Qirgʻizistonda yuz berayotgan diniy, siyosiy, ijtimoiy voqealarga faol tarzda oʻz munosabatini bildirib kelgan.

Markaziy Osiyodagi taniqli diniy olim o’pka kasalligidan vafot etdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Sobiq prezident Almazbek Atambayev ham “ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi bilan tergov qamogʻidan kasalxonaga oʻtkazilgan.

Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri koronavirus va pnevmoniya tufayli 125 kishi vafot etdi.

Qirgʻiziston Moliyaviy politsiyasi mart oyida shifokorlar uchun shaxsiy himoya vositalari xaridi uchun eʼlon qilingan tenderni tekshira boshlagan.

“PolitKlinika” nashri tibbiy ehtiyojlar boʻyicha davlat xaridlari haqida jurnalistik surishtiruv eʼlon qilgan. Unda davlat idoralari zaruriy tibbiy vositalarni sogʻliqqa aloqasi boʻlmagan kompaniyalardan qimmat narxda sotib olgani yozilgan.

Iyulning boshidan Qirgʻizistonda COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallanganlar soni koʻpaygan. Shu sabab xususiy tadbirkorlar bemorlarga yordam berish uchun oʻz mehmonxonalarini va boshqa yirik bino, maydonlarini “kunduzgi statsionarlar” uyushtirish uchun bermoqda.

Ammo bu oʻrinlar ham yetarli boʻlmayapti.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG