Breaking News

AQSh Global Media agentligi rahbari senatorlar e'tiroziga javob berdi


AQSh Global Media agentligi rahbari Maykl Pek
AQSh Global Media agentligi rahbari Maykl Pek

AQSh Kongressining har ikki partiyaga mansub bir guruh senatorlari bildirgan xavotirga javoban AQSh Global Media agentligi rahbari Maykl Pek o’ziga berilgan vazifa bo’yicha agentlikda “salmoqli va mazmunli o’zgarishlar” qilayotganini bildirdi. Bu haqda u 8-yil kuni senatorlarga yo’llagan maktubida yozgan.

Bir guruh senatorlarning xavotir bilan yozishicha, Pek Kongress bilan maslahatlashmasdan yoki uni xabardor qilmasdan ish ko’rgan va “Ozodlik”, “Erkin Osiyo” radiolari, Yaqin Sharq teleradio tarmoqlari hamda Ochiq Texnologiya fondi rahbarlarini ishdan olish qarori agentlikning kelajagi haqida “jiddiy savollarni paydo qiladi”. “Amerika Ovozi” ham AQSh Global Media agentligi tarkibiga kiradi.

“Prezident, Amerika xalqi va Senat mendan salmoqli va mazmunli o’zgarishlar qilishni so’radi, - deb yozadi Pek. – Meni ishga tasdiqlash jarayonida va ishga kirishganimdan beri o’tgan haftalarda agentlik va uning idoralari ishiga tushov bo’lgan boshqaruvga oid ko’pchilikka ma’lum muammolarni hal qilishga qat’iy kirishdim”.

“Tasdiq jarayonida agentlik jurnalistlarining mustaqilligini himoya va hurmat qilishga so’z berganman va shu so’zimda turaman. Shuningdek, “Amerika Ovozi” nizomiga rioya qilish, agentlik tarmoqlari missiyasini hamda dunyo bo’ylab qahramon jurnalistlarimizning ishlarini qo’llab-quvvatlash ahdiga sodiqligimni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Agentlik sifatida to’g’ri va ishonchli xabar berish orqali haqiqatni unga chanqoq odamlarga yetkazishimiz kerak”, - deydi Pek.

1976-yilda qonun sifatida kuchga kirgan “Amerika Ovozi” nizomiga ko’ra, “Amerika Ovozi” o’z ishida “to’g’ri, xolis va batafsil” bo’lib, Amerika fikrini “muvozanatli va to’liq” yetkazishi, AQSh hukumati siyosatini “aniq va samarali” yoritishi kerak.

Senat a’zolaridan tashqari, Vakillar palatasining 11 demokrat qonunchisi palataning Davlat, tashqi amaliyotlar va boshqa aloqador dasturlar ichki qo’mitasiga maktub yo’llab, malakali yetakchilarning agentlikdagi vazifalaridan bo’shatilgani hamda Gonkong va boshqa joylarda o’quvchilar internetdan erkin foydalana olishi imkoniyatini beruvchi dasturlarni moliyalash muzlatib qo’yilgani yuzasidan chuqur xavotir bildirgan.

Agar agentlikning tahririyat mustaqilligiga putur yetsa, deya ogohlantiradi qonunchilar, “haqiqatga asoslangan xabar berish va dasturlar tayyorlash” ishlari xavf ostida qoladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG